XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING
Qarori
Tuproqqalʼa tumanida suv resurslaridan foydalanganlik uchun va noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga koeffitsiyentlar miqdorini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429- ва 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari hamda tuman soliq inspeksiyasinig 2025-yil 22-dekabrdagi P-08524-sonli yozishmasi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mahallalar iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yil 1-yanvardan:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror rasmiy nashrlarda eʼlon qilinsin.
4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya”si” raisi I.Qalandarov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi JIMALYAZOV AKMAL ORTIQOVICH
Xorazm viloyati, Tuproqqalʼa tumani,
2026-yil 7-yanvar,
VII-17-2-12-218-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.