XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA SHAHAR KENGASHINING
qarori
Fargʻona shahrining 2026 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6,24-moddalari, Byudjet kodeksining 27,99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-15-160-11-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Fargʻona viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 01/07-17/9959-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-15-160-11-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarorga muvofiq, Fargʻona shahar byudjetining 2026-yilgi daromadlari 275.2 mlrd. soʻm va xarajatlari esa 275.2 mlrd. soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi hamda Fargʻona shahar byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 2.5 mlrd. soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Shahar byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 3.6 mlrd. soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
4. Quyidagilar:
Fargʻona shahrining shahar byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga;
Fargʻona shahrining shahar mahalliy byudjeti xarajatlarining 2026-yil uchun asosiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga;
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 3-ilovaga;
Jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 4-ilovaga;
Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining 1 kvadrat metri uchun eng kam stavkalari 5-ilovaga;
Yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi 6-ilovaga;
Fargʻona shaxar mahalliy budjeti xarajatlarining 2025-yil davomida kiritilgan oʻzgarishlar bilan aniqlashtirilgan reja koʻrsatkichlari tugrisida 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari v.b Gʻ.Xaydarov, shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A. Berdiqulov), shahar soliq inspeksiyasi (Q. Bekmirzayev) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (N. Tajibayev) hamda shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari v.b Gʻ. Xaydarov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi V. NAZAROV
Fargʻona viloyati, Fargʻona sh.,
2025-yil 30-dekabr,
VII-16-101-11-169-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.