30.12.2025 yildagi VII-17-137-11-163-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida” OʻRQ-1105-son Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yil 20-oktyabrdagi 02-1511-sonli va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-dekabrdagi 01/57-1-29235-sonli xatlarini, Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Fargʻona viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-15-160-11-0-K/25-sonli qarorini inobatga olib, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Fargʻona viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-15-160-11-0-K/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorga muvofiq, Fargʻona tumani mahalliy byudjetining 2026-yilgi daromadlari 191 652,2 mln. soʻm va xarajatlari 191 652,2 mln. soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona tumani mahalliy byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy byudjetidan 2026-yilda hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun tuman mahalliy byudjetiga tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur qaror qabul qilingandan soʻng bir kun muddatda ajratmalarning normativlari boʻyicha tuman byudjetiga taqsimotini oʻrnatilgan tartibda “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga” Fargʻona viloyati Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan kiritilishi belgilab qoʻyilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman byudjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlari 4-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tumanning byudjeti shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining 2026-yilda yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 2 212,5 mln. soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun tuman byudjetining zaxira jamgʻarmasi tuman byudjet tasdiqlangan umumiy xarajatlarining (bundan tuman byudjetining jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga doir mablagʻlari mustasno) kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tuman byudjetining zaxira jamgʻarmasi miqdori oldingi yildagi hajmidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 6-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 7-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obʼektlari boʻyicha ijara qiymatining 1 m2 uchun uchun oʻrnatilayotgan minimal miqdorlari 8-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy belgilangan soliq stavkalari miqdorlari 9-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari 1 m3 uchun mutlaq oʻlchamda belgilanadigan miqdorlari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qaroriga muvofiq viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika byudjetidan Fargʻona viloyatining viloyat byudjetiga oʻtkazib beriladigan daromad prognozining oshirib bajarilgan qismidan 50 foizini 2025-yil 1-dekabr holatiga statistika organlaridan olingan tuman (shahar)lar aholisining jami viloyat aholisi ulushiga muvofiq tuman (shahar)lar byudjetlariga belgilangan muddatlarda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlaridan tushgan soliqlar boʻyicha viloyat byudjetiga oʻtkazilgan mablagʻlarni ushbu sohadagi hamda mahallalarda infratuzulmani yaxshilash uchun mazkur bozorlar joylashgan tuman (shahar)lar byudjetlariga toʻliq oʻtkazilishini taʼminlashi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari O. Abduraximov, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A. Yusupov), tuman soliq inspeksiyasi (I. Sharopov) tuman hokimligi bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman hokimligi, hududiy byudjet mablagʻlari taqsimlovchilar 2026-yil uchun ajratilayotgan byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va masʼuliyatni yanada kuchaytirish, mahalliy byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushumini taʼminlash hamda byudjet daromadlar bazasini oshirish va qoʻshimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman soliq inspeksiyasi (I. Sharopov) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan vakolatlardan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni oʻz vaqtida byudjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari boʻyicha doimiy tahlililar oʻtkazgan holda, soliqlarni toʻliq hisoblanishini taʼminlash hamda ushbu soliq toʻlovlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini oʻrnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer va mol-mulk soligʻining soliq bazasini oshirish, yaʼni xatlov ishlarini samarali va muntazam tashkil etib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi (S. Abduqodirov), tuman soliq inspeksiyasi (I. Sharopov) bilan hamkorlikda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud soliq qarzdorliklarini byudjetga undirish yuzasidan tegishli choralar koʻrib borsinlar hamda choraklar yakuni bilan soliq qarzdorliklarining chorak boshiga nisbatan kamayib borishi boʻyicha barcha kompleks chora-tadbirlar koʻrish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi va Boʻsh turgan obʼektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat mulki obʼektlarini aniqlash boʻyicha doimiy ravishda xatlov ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalariga koʻra tumanda mavjud boʻsh turgan davlat mulki obʼektlari roʻyxatini shakllantirish, ijaraga berish yoki sotish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash vazifasi yuklatilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi D. Yuldashev va tuman soliq inspeksiyasi (I. Sharopov) tuman hokimligi bilan birgalikda tumanda sugʻorishga sarflanayotgan suv hajmlari boʻyicha aniq hisob-kitoblar yuritgan holda mazkur isteʼmol hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni toʻliq hisoblanishini hamda moliya yili yakuniga qadar mahalliy byudjetga toʻliq undirib olish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan isteʼmol qilinayotgan suv resurslari hajmlari va ushbu hajmlar boʻyicha hisoblanayotgan suv soliqlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman ichki ishlar boʻlimi (M. Qunduzov), Adliya boʻlimi S. Mahkamov tumanda byudjetga hisoblangan boj, jarima va yigʻimlarni oʻz vaqtida toʻliq byudjetga undirish choralarini koʻrib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27 va 28-moddalarida belgilangan byudjet sohasidagi vakolatlaridan kelib chiqib, byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi hamda byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tuman hokimligi axborot xizmati A. Ergashev, tuman soliq inspeksiyasi (I. Sharopov), iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A. Yusupov) bilan birgalikda tumandagi ommaviy axborot vositalarida, hokimlik muassisligidagi “Vodil yogʻdusi” gazetasida Qonunda belgilangan ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni eʼlon qilinishi hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi M. Yoʻldashev hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari O. Abduraximov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi X. INOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-137-11-163-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.