30.12.2025 yildagi VII-15-174-11-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimligining “Yoʻl sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni taʼminlaydigan hollarda, yoʻllarning ayrim qismlari yoki harakatlanish tasmalarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish yuzasidan taklifini koʻrib chiqish togrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 9-iyul kuni “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari” yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yigʻilishda avtomobil yoʻllarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida belgilangan yuqori cheklangan tezlikni oʻzgartirish yuzasidan topshiriqlar berib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-sentyabrdagi 38-sonli topshiriqlar bayoni 19-bandida “Tezlik cheklovlarini qayta koʻrib chiqish mumkin boʻlgan yoʻl uchastkalari roʻyxati shakllantirib, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga kiritish” belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”ning 80-bandi 6-xat boshisida “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari DYHXX bilan kelishilgan holda, yoʻl sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni taʼminlaydigan hollarda, yoʻllarning ayrim qismlari yoki harakatlanish tasmalarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish masalasini tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritadi” deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, viloyat hokimligi 2025 yil 16 dekabrdagi 03-7/14377-sonli xat bilan xalq deputatlari viloyat Kengashiga murojaat qilib, viloyat hududlarining (aholi yashash punktidan tashqari joylarda) ayrim yoʻl uchastkalaridagi mavjud tezlik cheklovlarini qayta koʻrib chiqishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, viloyatdagi soxa mutaxassislari ekspertlari hamkorligida oʻtkazilgan oʻrganish va tahlillarga koʻra, bugungi kunda viloyat hududidan oʻtgan xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining aholi yashash punktlaridan tashqari qismlarida tirbandlikning oldini olish maqsadida, yoʻnalishlaridagi yuqori cheklangan harakat tezligini 70 km/soat, shuningdek, ayrim yoʻnalishlarida esa 120 km/soat etib belgilash hamda 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (70 km/soat, 120 km/soat) yoʻl belgilarini oʻrnatish zaruriyati yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, viloyat hududidagi (aholi yashash punktidan tashqari joylarda) tezlik cheklovlari qayta koʻrib chiqiladigan yoʻl uchastkalari roʻyxati shakllantirilib, mutasaddi va manfaatdor tashkilotlar tomonidan kelishildi (tasdiqlandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur masala xalq deputatlari viloyat Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi tomonidan muhokama qilinib, viloyat Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hududlarida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-sentyabrdagi 38-sonli topshiriqlar bayoni 19-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat hokimligining viloyat hududlarining (aholi yashash punktidan tashqari joylarda) ayrim yoʻl uchastkalaridagi mavjud tezlik cheklovlarini yoʻl sharoitlarini inobatga olib, qayta koʻrib chiqish yuzasidan taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hududidagi (aholi yashash punktidan tashqari joylarda) tezlik cheklovlari qayta koʻrib chiqiladigan yoʻl uchastkalari roʻyxati mutasaddi va manfaatdor tashkilotlar tomonidan kelishilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur masala xalq deputatlari viloyat Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilganligi va doimiy komissiya majlisida muhokama qilinib, viloyat Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hududlarining (aholi yashash punktidan tashqari joylarda) ayrim yoʻl uchastkalaridagi mavjud tezlik cheklovlarini (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatgan holda) qayta belgilashga ruhsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunga kora, viloyat hududidagi (aholi yashash punktidan tashqari joylarda) yoʻl uchastkalari va ularda qayta belgilanayotgan tezlik cheklovlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Harakat tezligini oshirilayotgan hududlardagi avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati hodisalarini oldini olish maqsadida koʻcha chiroqlari va yoritgichlar oʻrnatish, yoʻl chiziqlarini yangilash hamda piyodalar oʻtish yoʻlaklari (belgilari bilan birga) belgilangan talablar asosida tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat IIB YHXB (F. Shayzokov), Avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi (X. Ketmonov) hamda tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan (belgilangan) yoʻl uchastkalari va ularda qayta belgilanayotgan tezlik cheklovlarini aks ettiruvchi (bildiruvchi) tegishli yoʻl belgilarini amaldagi tartib asosida oʻrnatilishini taʼminlasin hamda natijasi yuzasidan viloyat Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi A. Ikramovga mazkur qaror bilan tasdiqlangan (belgilangan) yoʻl uchastkalari va ularda qayta belgilanayotgan tezlik cheklovlarini koʻrsatuvchi (bildiruvchi) tegishli yoʻl belgilarini oʻz vaqtida va belgilangan tartib asosida oʻrnatilishini nazoratga olish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Viloyat IIB YHXB (F. Shayzokov) Adliya boshqarmasi (A. Omonov) yoʻl uchastkalari va ularda qayta belgilanayotgan tezlik cheklovlari yuzasidan aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Viloyat IIB YHXB (F. Shayzokov) mazkur qaror bilan tasdiqlangan (belgilangan) yoʻl uchastkalari va ularda qayta belgilanayotgan tezlik cheklovlari yuzasidan aholini xabardor qilish maqsadida, tezlik cheklovlariga kiritilgan oʻzgarishlarning sabab va omillari hamda bu borada kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Viloyat hokimligi Axborot xizmati (M. Sulaymonov), viloyat IIB YHXB (F. Shayzokov) bilan birgalikda viloyat teleradiokompaniyasi hamda viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalarida, hokimlik muassisligidagi gazetalarda qayta belgilanayotgan tezlik cheklovlarini eʼlon qilinishi hamda hokimliklarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Qaror 2026-yilning 1-fevral kunidan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Kengash qarori ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (Sh. Gʻaniyeva) hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi A. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi X. KOMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-174-11-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.