29.12.2025 yildagi VII-12-203-3-43-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun Arnasoy tumanining mahalliy byudjeti tоʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Оʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati tоʻgʻrisida”gi qonunining 6-,24-moddalari, Byudjet kodeksining 27-,99-moddalari, “2026-yil uchun Оʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tоʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi ОʻRQ-1105-son qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 02-01-01-167-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Оʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Оʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tоʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qarori (keyingi оʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorga muvofiq, ­­­Arnasoy tumani mahalliy byudjetining 2026 yilgi daromadlari 53 233,7 ming sоʻm va xarajatlari esa 77 814,8 ming sоʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Arnasoy tumani mahalliy byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yоʻl qоʻyiladigan eng kam miqdori 298,0 ming sоʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Arnasoy tumani mahalliy byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz kоʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda 2026-yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy byudjetiga ajratmalar meʼyori 2-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetidan 2026-yilda hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek tuman byudjeti yоʻl qоʻyiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman mahalliy byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 784,7 ming sоʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xоʻjaligi uchun mоʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bоʻyicha mutloq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 6-ilovaga, jismoniy shaxslar bоʻyicha (dehqon xоʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xоʻjaligiga mоʻljallangan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bоʻyicha birinchi оʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bоʻlimi boshligʻi Z. Ismatov, tuman Iqtisodiyot va moliya bоʻlimi boshligʻining birinchi оʻrinbosari (M. Eshboyev), tuman Soliq inspeksiyasi (N. Otaqulov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan kоʻrsatkichlarni оʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini kоʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan tоʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda tоʻliq rejalashtirilishi va оʻz vaqtida tоʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni tоʻgʻri shakllantirilishi va оʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Avalboyev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bоʻyicha birinchi оʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bоʻlimi boshligʻi Z. Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi MUSANOV ODIL OLIMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Arnasoy tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-203-3-43-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.