XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yil uchun Paxtakor tumanining mahalliy byudjeti toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27 va 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 02-01-01-176-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq, Paxtakor tumani mahalliy byudjetining 2026-yilgi daromadlari 87 614 663,0 ming soʻm va xarajatlari esa 87 614 663,0 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek, Paxtakor tumani mahalliy byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 398 000,0 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Paxtakor tumani mahalliy byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda 2026-yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy byudjetiga ajratmalar meʼyori 2-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetidan 2026-yilda hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari
3-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek, tuman byudjeti yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek, tuman byudjeti yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman mahalliy byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 098 000,0 ming soʻm miqdorida belgilansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Sh. Shodmonov, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A. Uzoqov, tuman soliq inspeksiyasi (B. Nurmurodov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining “Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish” masalalari doimiy komissiyasi (Z. Jumaboyev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Sh. Shodmonov zimmalariga yuklatilsin.
Sessiya raisi MAMANOVA KAROMAT XOLMANOVNA
Jizzax viloyati, Paxtakor tumani,
2025-yil 29-dekabr,
VII-19-201-3-52-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.