XALQ DEPUTATLARI ZAFAROBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Zafarobod tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasining 2025-yil 25-dekabrdagi 01-20-225-08-01-39/64-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq, Zafarobod tumani mahalliy budjetining 2026 yilgi daromadlari 76 480 799,0 ming soʻm va xarajatlari esa 76 480 799,0 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Zafarobod tumani mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 359 000,0 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2026 yildagi asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga hamda 2026 yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyori 2-ilovaga, tuman mahalliy budjetidan 2026 yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga, tuman mahalliy budjetining 2026 yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek tuman budjeti yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026 yil uchun 867067,0 ming soʻm miqdorida belgilansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Sh. Sanakulov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Sh. Karaboev, tuman soliq inspeksiyasi (A. Sobirov) bilan birgalikda 2026 yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror 2026 yil 1 yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining barcha doimiy komissiyalari zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi ESHPULATOV GʻAYRATJON ESHPULATOVICH
Jizzax viloyati, Zafarobod tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-16-149-3-50-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.