XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yil uchun Zomin tumanining mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025 yil 25 dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 02-01-01-172-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonunga muvofiq, Zomin tumani mahalliy budjetining 2026-yilgi daromadlari 131841719,0 ming soʻm va xarajatlari esa 131841719,0 ming soʻmni tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek, Zomin tumani mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 737000,0 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Zomin tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2025-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda 2026-yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyori 2-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1784412,0 ming soʻm miqdorida belgilansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Z. Omonkulov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (D. Mamatqulov), tuman soliq inspeksiyasi (I. Musurmonov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (E. Eshkuziyev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Z. Omonkulov zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi ABDUGANIYEV ALISHER MUXAMMADIYEVICH
Jizzax viloyati, Zomin tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-15-160-3-48-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.