XALQ DEPUTATLARI SHAROF RASHIDOV TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yil uchun Sharof Rashidov tumanining mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 02-01-01-170-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq, Sharof Rashidov tumani mahalliy budjetining 2026-yilgi daromadlari 130 270 825,0 ming soʻm va xarajatlari esa 130 270 825,0 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Sharof Rashidov tumani mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 756 000,0 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Sharof Rashidov tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2025-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda 2026-yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyori 2-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy budjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek 2026-yilda tuman mahalliy budjetida yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 925 148,0 ming soʻm miqdorida belgilansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi M. Ergashev, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (I. Nazarov), tuman soliq inspeksiyasi (M. Tursunmuratov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bоʻyicha doimiy komissiyasi (O. Abdullayev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi M. Ergashev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ASHUROV ASILBEK RAXMONOVICH
Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani,
2025-yil 29-dekabr,
VII-17-166-3-46-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.