XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yil uchun Yangiobod tumanining mahalliy byudjeti toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuni, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 02-01-01-178-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-sonli qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq, Yangiobod tumani mahalliy byudjetining 2026-yilgi daromadlari 31 506 285 ming soʻm va xarajatlari esa 66 481 790 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Yangiobod tumani mahalliy byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 266 000 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Yangiobod tumani mahalliy byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetidan 2026-yilda hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq, 2026-yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy byudjetiga ajratmalar meʼyori 3-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman byudjeti zahira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 657 041 ming soʻm miqdorida belgilansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (R. Abdugʻaniyev), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (B. Normatov), tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi (A. Suyunov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjet uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror rasman ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi riasi H. Qudratov hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi R. Abdugʻaniyev zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi QARSHIBOYEV IBROHIM BOLTAYEVICH
Jizzax viloyati, Yangiobod tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-15-146-3-54-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.