06.01.2026 yildagi VII-21-3-2-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BUXORO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida 2026-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-98-son Farmoni 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 33 va 34-bandlariga asosan davlat mulki boʻlgan bino va inshootlardan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara haqining 2026-yil uchun eng kam miqdordagi stavkalarini belgilash maqsadida, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxoro viloyatida 2026-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari yuzasidan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi F.Ergashevning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 23-iyuldagi 01/26-18/652-sonli, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasining 2025-yil 10-dekabrdagi 4233/01-12-sonli hamda 2025-yil 24-dekabrdagi 4364/01-12-sonli xatlari hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, viloyat soliq boshqarmasi, viloyat statistika boshqarmasi, Savdo-Sanoat Palatasi viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda 2026-yilda bir kv.m uchun ijara stavkasi miqdori boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning maʼmuriy markazi (Buxoro shahri) hamda maʼmuriy markazidan tashqari (tumanlar va Kogon shahar) hududlarida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2026-yilda 1 kv.metr uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari (iqtisodiy sohalar va tarmoqlar boʻyicha) 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanaot zonalari hududlaridagi davlat koʻchmas mulkini 2026-yilda ijaraga berishda 1 kv.metr uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqishda qoʻllanadigan hudud zonalari boʻyicha koeffitsiyentlar 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radio, uyali va peydjing aloqa antennalari (texnik uskunalar) oʻrnatilganda foydalanadigan maydon uchun toʻlanadigan ijara haqining hisoblanishi tartibi 4-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovining eng kam stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarning hisoblash tartibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjetdan moliyalashtiriladigan davlat muassasalari va ularning hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish guruhlari davlat mulki boʻlgan binolar va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi mumkinligi (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno) belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi (F.Ergashev) viloyat soliq boshqarmasi (D.Yuldashev), shahar va tuman hokimliklari hududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulki hisobotini toʻgʻri yuritish va budjetga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari balansidagi davlat mulklarini xatlovdan oʻtkazsin va boʻsh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan davlat mulklarini ijaraga berish boʻyicha har chorak yakuni bilan hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasiga mulkning joylashgan joyi, miqdori, tarkibi va boshqa umumiy tavsiflari koʻrsatilgan maʼlumotlarini taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimining 2025-yil 28-yanvardagi “Buxoro viloyatida 2025-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 46-2-0-Q/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ASHUROV JAMOL RAJABBOYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-21-3-2-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.