XALQ DEPUTATLARI ROMITAN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli, 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasi tomonidan, tumandagi 18 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi 31 ta geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha) ni nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklifi ekspert komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi. 31 ta obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha) ga taklif etilgan nomdan 31 tasi Oʻzbekiston Respublaikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilib, davlat ekspertizasidan oʻtkazilib, ekspert komissiyasining xulosasi olindi hamda 9-oktabr 2025-yil 05-19-17621-sonli ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlandi va Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-Qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topildi.
Yuqorida bayon etilganlarga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi ushbu sessiya kun tartibiga kiritilgan masala boʻyicha kiritilgan takliflarni koʻrib chiqib, maʼqullab berishini soʻrayman.
Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshrish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi G.Gʻiyosovaning hisobotini atroflicha muhokama qilib, Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi Qonunning 6- va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geofrafik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 9-oktabrdagi 05-19-17621-sonli Ekspertiza xulosasi hamda tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshrish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi G.Giyasovaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarga beriladigan nomlar va ularni qayta nomlash takliflari 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Tuman ichki ishlar boʻlimi (Z.Davronov)ga:
tuman mahallalaridagi nomlangan va qayta nomlangan koʻchalarga aholini roʻyxatga qoʻyish va tegishli yoʻl belgilariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
4. Davlat kadastrlar palatasi Romitan tumani filiali (B.Raximov), tuman stasistika boʻlimi (F.Aslonov)ga:
tumanda yangi nomlangan va nomi oʻzgargan geografik obyektlarni tuman xaritasiga joylashtirish, shuningdek, tegishlicha tuman stastistika maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (I.Sattorov), “Romitannoma” tuman gazetasi tahririyati (M.Atoyeva)ga tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshrish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi G.Giyasova bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni tuman mahalliy ommaviy axborot vositasi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi F.Salomov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi MUSOYEVA SHOHISTA AXATOVNA
Buxoro viloyati, Romitan tumani,
2025-yil 27-noyabr,
VII-17-137-2-40-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.