XALQ DEPUTATLARI ZARBDOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Zarbdor tumanining 2026 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27-, 99-moddalari, 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qaroriga, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 02-01-01-173-sonli xatini inobatga olib xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq Zarbdor tumani mahalliy budjetining 2026-yilgi daromadlari 88 051 013,0 ming soʻm va xarajatlari esa 88 051 013,0 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek, Zarbdor tumani mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 431 000,0 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Quyidagilar:
Zarbdor tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2026-yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyori 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari
3-ilovaga muvofiq;
3-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq;
tuman budjeti yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 127 018,0 ming soʻm miqdorida belgilansin.
5. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Q. Nurmatov) tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J. Nishonov), tuman Soliq inspeksiyasi (v.b. B. Murodov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
7. “Zarbdor” gazetasi (Gʻ. Xamzayev) hamda tuman hokimligi axborot xizmati (Oʻ. Sulaymanov)larga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining barcha doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi TASHPULATOV BEKZOD TURGUNOVICH
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-20-153-3-49-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.