XALQ DEPUTATLARI JIZZAX VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Jizzax viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va moʻljallanmagan yer soliqlari, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning (sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) belgilangan bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash shuningdek, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam miqdorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412, 420, 422, 429, 437 va 452-moddalari, viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 18 noyabrdagi 27-71230-sonli xati hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 25-moddalariga asosan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga asosan Jizzax viloyatida yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutlaq miqdori 42,4 mln.soʻm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv.metr uchun bazaviy soliq stavkasining mutlaq miqdori 377,0 soʻm, yuridik shaxslar uchun mol-mulk soligʻini hisoblashda viloyatning tumanlarida koʻchmas mulklarga 1 kv. metr uchun 1,39 mln. soʻm minimal miqdor belgilanganligi.
2. Soliq kodeksining 422-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi stavkalariga hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan xalq deputatlari viloyat Kengashi oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqliligi.
3. 2025-yildan boshlab xalq deputatlari viloyat Kengashi suv soligʻi stavkasiga 0,7 dan 1,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash vakolati berilgani.
4. Soliq kodeksining 452-moddasiga oʻzgartirish kiritilgan holda xalq deputatlari viloyat Kengashi noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy belgilangan stavkalarga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilashga haqliligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat soliq boshqarmasining hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kelgusi yil uchun belgilangan mahalliy byudjet prognozidan kelib chiqib, tumanlar va shaharlar boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va moʻljallanmagan yer soliqlari, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning (sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) belgilangan bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash shuningdek, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam miqdorlari boʻyicha bergan takliflari inobatga olinsin.
6. Jizzax viloyatida 2026-yil uchun mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha tuman va shaharlar kesimida yer soligʻi stavkalariga nisbatan qoʻllanilgan koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari boʻyicha tuman va shaharlar kesimida yer soligʻi stavkalariga nisbatan qoʻllanilgan koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslarning egaligidagi obyektlar va jismoniy shaxslarning egaligidagi noturar obyektlar boʻyicha mol-mulk soliqlari uchun qoʻllaniladigan mutlaq miqdorlarga nisbatan qoʻllanilgan koeffitsiyentlar 3-ilovaga muvofiq;
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 4-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,5 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 5-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 6-ilovaga muvofiq;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlarining mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, 1-ilovaga asosan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash vakolati inobatga olinsin.
8. Xalq deputatlari tumanlar va shahar Kengashlari tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida yuridik va jismoniy shaxslar uchun 2026-yilda belgilangan yer soliq stavkalarini hududlardagi soliq organlariga taqdim etilishini taʼminlasin.
9. Viloyat soliq boshqarmasi hamda hududiy soliq organlari 2026-yil uchun yuridik shaxslarning (yirik soliq toʻlovchilardan tashqari) mol-mulkiga solinadigan soliqni ushbu qaror bilan, qishloq xoʻjaligida moʻljallangan hamda moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻining, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning (sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) va mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan stavkalar asosida hisoblanishi va belgilangan tartibda undirilishini taʼminlasin.
10. Viloyat hokimligi Axborot xizmati (A. Binokulov), Davlat soliq boshqarmasi (B. Ismailov) bilan birgalikda viloyat teleradiokompaniyasi hamda “Jizzax haqiqati” va “Джизакская правда” gazetalarida rasmiy eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
11. Qaror 2026-yil 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
12. Mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash vazifasi viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z. Azimov zimmasiga yuklansin.
13. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining barcha doimiy komissiyalar zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi SHUKUROV PARDA XXX
Jizzax viloyati,
2025-yil 30-dekabr,
VII-23-351-3-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.