XALQ DEPUTATLARI MIRZACHOʻL TUMANI KENGASHINING
Qarori
Mirzachoʻl tumanining 2026 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 2025 yil 25 dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025 yil 29 dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025 yil 29 dekabrdagi 02-01-01-175-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Mirzachoʻl tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025 yil 29 dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq, Mirzachoʻl tuman byudjetining 2026 yilgi daromadlari 60 915 355 ming soʻmga va xarajatlari esa 78 443 403 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi hamda viloyat byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar 17 530 048 ming soʻm miqdorida tasdiqlanganligi, shuningdek Mirzacho`l tuman byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 346 000 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman mahalliy byudjeti daromadlarining 2026 yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda tuman byudjetidan 2026 yilda hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq, 2026 yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy byudjetiga ajratmalar me`yori 3-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetining 2026 yil daromadlari va xarajatlarining chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvosiq, shuningdek tuman byudjeti aylanma kassa mablag`ining yo`l qo`yiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026 yil uchun 919 825 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari J. Lapasov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Z. Oʻzbekov), tuman soliq inspeksiyasi (B. Nurqobilov) bilan birgalikda 2026 yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi, hamda davriy moliyaviy hisobotlarni to`g`ri shakllantirilishi va o`z vaqtida taqdim etilishini ta`minlasin.
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Mirzachoʻl tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (F. Qayumova) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari J. Lapasov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi B. K. MIRZAKULOV
Jizzax viloyati, Mirzachoʻl tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-17-138-3-51-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.