30.12.2025 yildagi VII-11-150-3-47-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI DOʻSTLIK TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun Doʻstlik tumanining mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunining 6-, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27-, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida” gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2025-yil 29- dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 02-01-01-171-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Doʻstlik tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida” gi Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-23-350-3-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorga muvofiq, Doʻstlik tumani mahalliy budjetining 2026-yilgi daromadlari 83213625,0 ming soʻm va xarajatlari esa 83213625,0 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Doʻstlik tumani mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 392 000,0 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doʻstlik tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda 2026-yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyori 2-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy budjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek tuman budjeti yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1124961,0 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi I. Qarshiboyev, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (A. Latifov), tuman soliq inspeksiyasi (M. Normurodov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Doʻstlik tumani Kengashining mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiyasi raisi B. Muxtorov hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi I. Qarshiboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi DARVISHEV SHAVKAT TURAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Doʻstlik tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-150-3-47-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.