XALQ DEPUTATLARI QORAKOʻL TUMANI KENGASHINING
Qarori
Qorakoʻl tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Soliq kodeksining 445, 452-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar hamda Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “Buxoro viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-21-113-2-0-K/25-sonli qaroriga asosan Qorakoʻl tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlarini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash maqsadida Xalq deputatlari Qorakoʻl tumani Kengashi, qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining 2025-yil 30- dekabrdagi “Buxoro viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-21-113-2-0-K/25-sonli qaroriga asosan Qorakoʻl tumani boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligida moʻljallanmagan yerlari bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun miqdori 40 280 000 soʻm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasining miqdori 358 soʻm belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2.Tuman hokimligi moliya boʻlimi (A.Norboyev) hamda tuman soliq inspeksiyasi (Sh.Hasanov)ning mahalla fuqarolar yigʻinlarining iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda kelgusi yil uchun belgilangan tuman mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash yuzasidan takliflari inobatga olinsin.
3. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini aniqlash uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlarning 1 gektariga yuridik shaxslar boʻyicha 2026-yilda Qorakoʻl tumani uchun belgilangan yer soligʻining bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari mahallalar kesimida 1-ilovaga;
jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) 2026-yilda Qorakoʻl tumani uchun 1 kv.m. yerga belgilangan bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari mahallalar kesimida 2-ilovaga;
2026-yil Qorakoʻl tumani uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga;
2026-yil Qorakoʻl tumani uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-023-2-37-K/24-sonli qarori 2026 yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Tuman hokimligi ushbu qaror bilan maʼqullangan Qorakoʻl tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni ommaviy axborot vositalarida va tuman hokimligining rasmiy vebsaytida eʼlon qilsin.
6. Mazkur qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi va tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror 2026 yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi TOHIROV XURSHID YAHYOYEVICH
Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-19-152-2-37-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.