XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Uzun tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-, 429- va 437-moddalariga asosan Surxondaryo viloyatida 2025-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatiga nisbatan koeffitsient qoʻllash va tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi A.Xushvaqtov hisoboti hamda 2025-yil 17-dekabrdagi 18-07562-sonli xati maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (B.Xasanov), Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi (A.Xushvaqtovga)ga:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv.m uchun mutloq miqdorda belgilangan minimal qiymatda boʻlishini nazorat qilish;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv.metr uchun mutloq miqdori viloyat markazlarida 2 350 000 soʻm va boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 1 390 000 soʻm belgilanganligi minimal qiymatda boʻlishi yuzasidan “Bobotogʻ tongi” gazetasi bilan hamkorlikda keng ommaga taqdim etish;
minimal qiymat boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qishloq joylarida keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida, xalq deputatlari tuman Kengashi belgilagan minimal qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsient kiritish;
yuridik shaxslar tomonidan mavjud mol-mulklari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish;
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlari 1-ilovaga muvofiq;
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 2026-yilda qoʻllaniladigan koeffitsientlar 2-ilovaga muvofiq;
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 2026-yilda qoʻllaniladigan koeffitsientlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
har chorak yakunida yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida hamda yuridik shaxslarga hisoblangan mol-mulk soligʻi va undirilgan boshqa soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot berib borish vazifasi yuklansin.
xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun keyingi soliq davriga tasdiqlangan soliq stavkalarini 5 (besh) kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazilishini taʼminlash;
2026-yil yanvar oyida 2025-yil davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun yer soliqlarini belgilangan muddatda va miqdorda faollik bilan toʻlagan tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarni mahalliy budjet hisobidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari tuman Kengashiga takliflarini kiritish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish;
4. Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi (A.Xushvaqtov), Davlat kadastr palatasi tuman filiali boshligʻi (S.Xujamkulov)larga
Tumandagi lalmi-yaylov zonada joylashgan jismoniy shaxslarning yerlari uchun ularning hujjatlarini oʻrgangan holda, soliq koeffitsientini soliq kodeksida belgilangan tartibda xalq deputatlari tuman Kengashi belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsient qoʻllash choralarini koʻrsin (bundan soliq kodeksining 429-moddasi, oʻn beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno)
5. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda “Bobotogʻ tongi” gazetasi tahririyati rahbari (I.Bobokalonov)ga mazkur loyihani amalga oshirishdan maqsad va uning viloyat, shahar va tumanlar iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida rasmiy sahifalar orqali ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash Uzun tumani Soliq inspeksiyasi boshligʻi A.Xushvaqtovga, bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi A.Kamolov zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi SAFAROVA DILOROM SHAYDILOVNA
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-12-94-8-118-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.