XALQ DEPUTATLARI JARQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Jarqoʻrgʻon tumanining 2026 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, Surxondaryo viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-17-173-8-0-K/25-sonli qarorini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga muvofiq xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarorga muvofiq, Jarqoʻrgʻon tuman budjetining 2026 yilgi daromadlari 156 mlrd 683 mln 760 ming soʻm va xarajatlari esa 156 mlrd 683 mln 760 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi shuningdek Jarqoʻrgʻon tuman budjetining shaxsiy gʻazna hisob varagʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 353.018 mln.soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatgichlari 1-ilovaga muvofiq hamda tuman mahalliy budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarni taqsimlovchilariga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq, Jarqoʻrgʻon tumani mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy toʻlovlar hamda soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha belgilanadigan ajratma meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq, Jarqoʻrgʻon tuman mahalliy budjetlarining 2026-yil daromadlari va xarajatlarining chegaraviy hajmi 4-ilovaga va Jarqoʻrgʻon tuman mahalliy budjetida yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 mlrd 846 mln soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
5. Jarqoʻrgʻon tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi R. Xamrayev, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (A. Safarqulov), tuman soliq inspeksiyasi (A. Almardanov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan budjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
bunda, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (A. Toshpoʻlatov) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi R. Xamrayev zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi AVAZOV ELMUROD ROʻZIMURODOVICH
Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-14-161-8-112-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.