30.12.2025 yildagi VII-19-119-2-41-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHOFIRKON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shofirkon tumani boʼyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda qoʼllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʼgʼrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Soliq kodeksining 445, 452-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar hamda Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashining 2025-yil 2-dekabrdagi “Buxoro viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasiga asosan Shofirkon tumani bo'yicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda qo'llaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash maqsadida Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashining 2025-yil 5-dekabrdagi “Buxoro viloyati bo'yicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qo'llaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash to'g'risida”gi Qarori loyihasiga asosan Shofirkon tumani bo'yicha yuridik shaxslarning qishloq xo'jaligida mo'ljallanmagan yerlari bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun miqdori 36 040 000 so'm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasining miqdori 324 so'm belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (N.Naimov) hamda tuman soliq inspeksiyasi (O.Muqimov)ning mahalla fuqarolar yigʻinlarining iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda kelgusi yil uchun belgilangan tuman mahalliy byudjet prognozidan kelib chiqib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koyeffisiyentlarni qoʻllash yuzasidan takliflari hamda tuman soliq inspeksiyasining 2025 yil 28 dekabrdagi 18/1-11825-sonli xati orqali Mingchinor MFY hududida tabaqalashgan soliq stavkalari koeffisentlari (yaʼni yerdan kariyer sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun oshiriluvchi 2,1 koeffisentlar, kariyer sifatida foydalanmaydigan sanoat ishlab chiqarishini tashkil qiladigan yuridik shaxslar uchun kamaytiruvchi 0,9 koeffisentlar qoʻllash) ga asosan inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning stavkalarini aniqlash uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallanmagan yerlarning 1 gektariga yuridik shaxslar bo'yicha 2026-yilda Shofirkon tumani uchun belgilangan yer solig'ining bazaviy soliq stavkalariga qo'llaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari mahallalar kesimida 1- ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar bo'yicha (dehqon xo'jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallagan yerlardan tashqari) 2026-yilda Shofirkon tumani uchun 1 kv.m. yerga belgilangan bazaviy soliq stavkalariga qo'llaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari mahallalar kesimida 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil Shofirkon tumani uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha Soliq kodeksi bilan o'rnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qo'llaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil Shofirkon tumani uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha Soliq kodeksi bilan o'rnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qo'llaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-025-2-41-K/24-sonli qarori 2026-yil 1-yanvardan o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi ushbu qaror bilan maʼqullangan Shofirkon tumani bo'yicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda qo'llaniladigan koeffitsiyentlarni ommaviy axborot vositalarida va tuman hokimligining rasmiy vebsaytida eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi va tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi FAYZILLOYEV ALISHER ABDILLOYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Shofirkon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-119-2-41-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.