30.12.2025 yildagi VII-14-178-3-44-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baxmal tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) soliq stavkalariga kamayuvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429,437,445 va 452-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-,24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi qaroriga asosan Baxmal tumani uchun yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutlaq miqdori 52 152 000 soʻm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv.metr uchun bazaviy soliq stavkasining mutlaq miqdori 384,54 soʻm minimal miqdor belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman soliq inspeksiyasining hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kelgusi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning bazaviy yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) soliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumanning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab 2026-yil uchun yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarining 1 gektariga belgilangan yer soligʻi stavkasiga, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) 1 kv. metr uchun belgilangan yer soligʻi stavkasiga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va yer qaʼridan foydalanganlik uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamayuvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar va soliq stavkalari 1,2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashlari yer soligʻi stavkalariga mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, ilovaga asosan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash vakolati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq kodeksining 445-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari suv soligʻi stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga haqli ekanligi (bundan Soliq kodeksining 445-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlari, shuningdek roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq toʻlovchilar mustasno) inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq kodeksining 452-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy belgilangan soliq stavkalariga 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilashga haqli ekanligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman soliq inspeksiyasi 2026-yil uchun ushbu qaror bilan tasdiqlangan stavkalar asosida hisoblanishi va belgilangan tartibda undirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror “Baxmal xayoti” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qaror 2026-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Meliboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ERGASHEV AZIZ MAMARASULOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Baxmal tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-178-3-44-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.