XALQ DEPUTATLARI VOBKENT TUMANI KENGASHINING
Qarori
Vobkent tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlari hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Soliq kodeksining 445, 452-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar hamda Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “Buxoro viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-21-113-2-0-K/25-son qaroriga asosan Vobkent tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlari hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash maqsadida, Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “Buxoro viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-21-113-2-0-K/25-son qaroriga asosan Vobkent tumani boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligida moʻljallanmagan yerlari bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun miqdori 36 040 000 soʻm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasining miqdori 324 soʻm belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi M.Malikov hamda tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi A.Xolmurodovning mahalla fuqarolar yigʻinlarining iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda kelgusi yil uchun belgilangan tuman mahalliy byudjet prognozidan kelib chiqib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlarini hisoblab chiqarishda kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash yuzasidan takliflari inobatga olinsin.
3. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini aniqlash uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlarning 1 gektariga yuridik shaxslar boʻyicha 2026-yilda Vobkent tumani uchun belgilangan yer soligʻining bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari mahallalar kesimida 1-ilovaga;
jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) 2026-yilda Vobkent tuman uchun 1 kv.m yerga belgilangan bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari mahallalar kesimida 2-ilovaga;
2026-yil Vobkent tumani uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga;
2026-yil Vobkent tumani uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-5-020-2-33-K/24-sonli qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Tuman hokimligi ushbu qaror bilan maʼqullangan Vobkent tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlari hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni ommaviy axborot vositalarida va tuman hokimligining rasmiy vebsaytida eʼlon qilsin.
6. Mazkur qaror bajarilishining nazorati xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi OSTONOV AKMAL ANVAROVICH
Buxoro viloyati, Vobkent tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-21-147-2-33-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.