XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMANI KENGASHINING
Qarori
Arnasoy tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) soliq stavkalariga kamayuvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-,437-,445- va 452-moddalari, xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-23-351-3-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq hamda tuman soliq inpeksiyasining 2025-yil 10-dekabrdagi 21/1-05722-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-,24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi qaroriga asosan Arnasoy tumani uchun yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutlaq miqdori 51,3 mln.soʻm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv.metr uchun bazaviy soliq stavkasining mutlaq miqdori 410,93 soʻm minimal miqdor belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman soliq inspeksiyasining hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kelgusi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning bazaviy yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) soliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
3. Tumanning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab 2026-yil uchun yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarining 1 gektariga belgilangan yer soligʻi stavkasiga, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) 1 kv. metr uchun belgilangan yer soligʻi stavkasiga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va yer qaʼridan foydalanganlik uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamayuvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar va soliq stavkalari 1-, 2-, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashlari yer soligʻi stavkalariga mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, ilovaga asosan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash vakolati inobatga olinsin.
5. Soliq kodeksining 445-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari suv soligʻi stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga haqli ekanligi (bundan Soliq kodeksining 445-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlari, shuningdek roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq toʻlovchilar mustasno) inobatga olinsin.
6. Soliq kodeksining 452-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy belgilangan soliq stavkalariga 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilashga haqli ekanligi inobatga olinsin.
7. Tuman soliq inspeksiyasi 2026-yil uchun ushbu qaror bilan tasdiqlangan stavkalar asosida hisoblanishi va belgilangan tartibda undirilishini taʼminlasin.
8. Ushbu qaror “Arnasoy tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Qaror 2026-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatalari Arnasoy tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Arnasoy tumani boʻyicha 2025-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkalariga hamda yuridik shaxslar uchun mol-mulk soligʻini hisoblashda koʻchmas mulklarning 1 kv.metr uchun belgilanadigan minimal miqdoriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi VII-4-031-3-43-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Z. Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi MUSANOV ODIL OLIMOVICH
Jizzax viloyati, Arnasoy tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-12-208-3-43-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.