30.12.2025 yildagi VII-18-137-11-155-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI DANGʻARA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dangʻara tumani hududidagi geografik obyektlar (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ni nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qaroriga, Dangʻara tumani hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan xatlov natijalariga asosan, nomsiz koʻchalarni nomlash boʻyicha taklif tayyorlanib, Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika toponimika xizmatiga 2025-yil 4-noyabr kuni 06-7/11913-sonli aloqa xati bilan “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” ekspert xulosasini olish uchun yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan olib borilgan oʻrganish natijasiga koʻra, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib, 2025-yil 2-oktabr kungi 01-20/297-sonli aloqa xati, 2025-yil 28-noyabr kungi 05-19-20938-sonli xulosasiga asosan,1470 ta koʻcha (koʻcha, berk koʻcha,tor koʻcha) qonun hujjatlari talablariga “muvofiq”deb topilib, belgilangan tartibda ijobiy xulosalar olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Dangʻara tumani “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida”gi Davlat tilini rivojlantirish boʻyicha Dangʻara tuman hokimining maslahatchisi S. Irismatovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dangʻara tuman komissiyasi tomonidan geografik obyektlarni qayta nomlash boʻyicha taqdim etilgan hamda qonun talablariga muvofiq deb topilgan geografik obyekt (koʻcha, berk koʻcha,tor koʻcha) nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestri bazasiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dangʻara tumani hokimligi Axborot xizmati (U. Usmonov), “Dangʻara” gazetasi bosh muharriri (Oʻ. Akbarova) ushbu qarorni keng ommaga yetkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror bajarilishiga tuman hokimining oʻrinbosari T. Salimov, Kadastrlar palatasi filiali rahbari J. Meliyev shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi I. Ergashev hamda davlat tilini rivojlantirish boʻyicha Dangʻara tumani hokimining maslahatchisi S. Irismatovalar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi TOJIXAKIMOV SHUXRATJON NURMUXAMMADOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-18-137-11-155-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.