30.12.2025 yildagi VII-18-155-5-76-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchquduq tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli qonuniga va xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining “Navoiy viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-22-165-5-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq hamda Navoiy viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 01-12/20-01-38/3532-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli qonuni hamda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Navoiy viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-22-165-5-0-K/25-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Navoiy viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-22-165-5-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq, Uchquduq tumanining mahalliy budjeti 2026-yil uchun daromadlari 74 183,403 mln. soʻm, xarajatlari 99 312,900 mln. soʻm, jami ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar miqdori 25 129,497 mln. soʻm tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchquduq tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2026-yilgi asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun tuman mahalliy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining “Navoiy viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjeti parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi ilovasi bilan tasdiqlangan Uchquduq tumani budjetiga soliqlaridan ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ajratma meʼyorlari boʻyicha tuman mahalliy budjetining taqsimotini oʻrnatilgan tartibda tuman gʻaznachilik xizmati tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2026-yil uchun tuman budjet daromadlari va xarajatlari prognozlari 4-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar miqdori 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozi ijrosidan qatʼi nazar kamaytirishga yoʻl qoʻyilmasligi Qonunda belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2026-yil uchun tumanning tuman budjeti zahira jamgʻarmasi hajmlari 1 202,009 mln. soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tuman budjetining 2026-yil uchun zahira jamgʻarmasi tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy budjetini ijro etishda yuqori turuvchi budjetdan ularga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning prognozidan oshgan qismi uchun tegishli budjetlarining zaxira jamgʻarmalar miqdorlariga aniqlashtirish kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman budjetining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarini budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2026-yil uchun tuman mahalliy budjeti shaxsiy gʻazna hisob-varaqlarida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 1 364,729 mln. soʻmni hamda tuman budjeti shaxsiy gʻazna hisob-varaqlarida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 6-ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2026-yilda xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda, xususan mahalliy budjet xarajatlarini hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2026-yilda quyidagi soliq turlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman mahalliy budjetiga oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, bundan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, bundan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norudaqurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (Qurilish materiallari bo'yicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻi(benzin, dizel yoqilg'isi va gazni oxirgi iste'molchiga realizatsiya qilishda to'lanadigan aksiz soligʻi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foyda soligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qimmat soliq(tegishli ajratma qismi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini ijarasidan tushumlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarimalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (bundan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno) tuman mahalliy budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Boshqa soliq turlarining tegishli qismi oʻrnatilgan tartibda tuman mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlari, farmoyishlari tegishli ravishda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tumandagi tegishli korxona va tashkilotlarning takliflari hamda murojaatlariga asosan tegishli xarajatlarga yoʻnaltirish maqsadida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimi favqulodda vaziyatlarda va shunga oʻxshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan hollarda ishlatilgan mablagʻlar toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berish sharti bilan qoʻshimcha manbalarni yoʻnaltirish boʻyicha qaror va farmoyishlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuman hokimligi tashabbusi bilan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan mablagʻlar tegishliligi boʻyicha ushbu mahalliy budjetlarning ijrosi davomida shakllangan qoʻshimcha manba va zaxira jamg`armasi hisobidan amalga oshirilishi qatʼiy belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J.Bobomurodov), davlat soliq inspeksiyasi (A.Usmanov), masʼul korxona va tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjeti prognoz koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarish;.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va masʼuliyatni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushumini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet daromadlar bazasini oshirish va qoʻshimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (A.Usmanov) tegishli masʼullar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq kodeksi”da belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni oʻz vaqtida budjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazgan holda, soliqlarni toʻliq hisoblanishini taʼminlash hamda ushbu soliq toʻlovlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini oʻrnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga xarid chekini talab qilib olishni targʻib etuvchi ijtimoiy roliklar hamda video materiallar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov ishlarini samarali tashkil etish orqali yer va mol-mulk soligʻining soliq bazasini oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (A.Usmanov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni oʻz vaqtida budjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini kuchaytirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha soliq turlardan doimiy tahlillar oʻtkazgan holda, soliqlarni toʻliq hisoblanishini hamda ushbu soliq toʻlovlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov ishlarini samarali tashkil etish orqali yer va mol-mulk soligʻining soliq bazasi oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligining tuman bo`linmasi bilan birgalikda tumanda mavjud soliq toʻlovchilarning mol-mulklari maydonlarini chuqur tahlil etgan holda ushbu mol-mulklarga nisbatan soliqlarning toʻliq hisoblanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazorati oʻrnatilishini hamda kameral soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga xarid chekini talab qilib olishni targʻib etuvchi ijtimoiy roliklar hamda video materiallar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (A.Usmanov), tegishli masʼul tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida noqonuniy faoliyat olib borayotgan karerlarni aniqlash boʻyicha xatlovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalari boʻyicha aniqlangan noqonuniy faoliyat olib borayotgan karʼerlar faoliyatini qonuniylashtirish hamda ularni soliq bazasiga qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida faoliyat olib borayotgan karʼerlar tomonidan qazib olinayotgan noruda qurilish materiallar hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin. Bunda, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan karerlarning qazib olish hajmlarini doimiy tahlil qilib borish hamda zarur hollarda qazib olish hajmlarini aniqlashda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan “marksheydrlik” xizmatlaridan foydalanish lozimligi alohida belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Majburiy ijro byurosi Uchquduq tuman boʻlimi, tuman davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud soliq qarzdorliklarini budjetga undirish yuzasidan tegishli choralar koʻrib borsin hamda choraklar yakuni bilan soliq qarzdorliklarining chorak boshiga nisbatan kamayib borishi boʻyicha barcha kompleks chora-tadbirlar koʻrish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tumandagi mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlari raislari jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari boʻyicha joriy hisoblangan soliqlarni hamda ushbu soliqlardan mavjud soliq qarzdorliklarini undirish yuzasidan soliq organlariga amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat mulki obʼektlarini aniqlash boʻyicha xatlov ishlarini samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalariga koʻra tumanda mavjud boʻsh turgan davlat mulki obʼektlari roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllantirilgan roʻyxatga asosan boʻsh turgan davlat mulki obʼektlarini ijaraga berish yoki sotish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat mulki obʼektlarini ijaraga berish yoki sotish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida roliklar va videomateriallar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilishi moʻljallangan boʻsh turgan davlat mulki obʼektlarini “e-auksion” elektron platformasi orqali sotish ishlarini tashkillashtirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (A.Usmanov) tuman hokimining tegishli oʻrinbosarlari bilan birgalikda tumanda fermer xoʻjaliklari va boshqa korxonalarga sarflanayotgan suv hajmlari boʻyicha aniq hisob-kitoblar yuritgan holda mazkur isteʼmol hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni toʻliq hisoblanishini hamda moliya yili yakuniga qadar mahalliy budjetlarga toʻliq undirib olish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qishoq xoʻjaligi korxonalari tomonidan isteʼmol qilinayotgan suv resuslari hajmlari va ushbu hajmlar boʻyicha hisoblanayotgan suv soliqlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J.Bobomurodov) va boshqa tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet intizomiga qatʼiy rioya etilishi ustidan doimiy monitoring ishlarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet intizomini buzish holatlari boʻyicha har chorak yakuni bilan xalq deputatlari tuman Kengashga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yakuni boʻyicha kamomad va noqonuniy oʻzlashtirishga yoʻl qoʻygan soha rahbarlarining hisoboti har chorakda eshitib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obʼektlar roʻyxati, shuningdek, qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli ravishda majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy budjeti jami xarajatlarining 9 888,000 mln soʻmi hamda shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga yoʻnaltirilsin. Shunindek,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xalq deputatlari tuman Kengashi, Yoshlar ishlar agentligi, tuman hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashlari hamda hokim yordamchilari budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida aholiga keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishga masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obʼektlar roʻyxati, shuningdek, qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda tegishli hokimlik rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tuman hokimligi mazkur tegishli qonun va qarorlarga asosan tegishli ravishda hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarini tegishlililigi boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J.Bobomurodov) va tuman davlat soliq inspeksiyasi (A.Usmanov) budjet daromadlari va xarajatlarining koʻrsatkichlarini bajarilishini taʼminlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish uchun tegishliligi boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashiga maʼlumot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (A.Usmanov) qonunda belgilangan ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi (R.Qodirova), “UCHQUDUQ” gazetasi tahririyatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror “UCHQUDUQ” gazetasida rasmiy eʼlon qilish va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S.Hamroyev va Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (U.Xudoyqulov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi YELMURATOV UCHKUN FAYZULLAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Uchquduq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-18-155-5-76-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.