XALQ DEPUTATLARI KITOB TUMANI KENGASHINING
Qarori
Kitob tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27-, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida” 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga va xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-20-218-4-0-K/25-sonli qarori, 2025-yil 29-dekabrdagi Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 01-20-10/01-38/3433-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari tuman kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-20-218-4-0-K/25-sonli qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur Qarorga muvofiq, Kitob tumani mahalliy byudjetining 2026-yilgi daromadlari 153 386 551.0 ming.soʻm va xarajatlari 153 386 551.0 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi inobatga olinsin.
3. Quyidagilar:
Kitob tumanining 2026-yilga rivojlantirishning makroiqtisodiy prognoz koʻrsatgichlari 1-ilovaga;
Kitob tumanining tuman byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga;
Kitob tumani mahalliy byudjetidan 2026-yilda byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
2026-yil uchun tuman mahalliy byudjetiga tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman byudjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 5-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5.Tuman mahalliy byudjeti shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining 2026-yilda yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 6-ilovaga muvofiq belgilansin.
6. Tumanning tuman byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 2 299 629.0 ming.soʻm miqdorida belgilansin.
2026-yil uchun tuman byudjetining zaxira jamgʻarmalari tegishli byudjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining (tuman byudjetining jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga doir mablagʻlari mustasno) kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.
7. Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 7-ilovaga;
jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 8-ilovaga;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 m2 uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi koeffitsientlar 9-ilovaga;
2026-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 10-ilovaga;
2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkasiga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsientlar miqdori 11-ilovaga;
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsientlar miqdori 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, mazkur qarorning 7- va 8-ilovalariga asosan qoʻllaniladigan koeffitsientlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni belgilash huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (T.Nasimov), tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi (A.Yuldoshev) 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
9. Tuman hokimligi hamda barcha masʼul tashkilotlar 2026-yil uchun ajratilayotgan byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va masʼuliyatni yanada kuchaytirish, tegishli mahalliy byudjetlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushumini taʼminlash hamda byudjet daromadlar bazasini oshirish va qoʻshimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratsin.
10. Tuman soliq inspeksiyasi (A.Yuldoshev) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan vakolatlardan kelib chiqib:
soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni oʻz vaqtida byudjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini oʻrnatish;
yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari boʻyicha doimiy tahlililar oʻtkazgan holda, soliqlarni toʻliq hisoblanishini taʼminlash hamda ushbu soliq toʻlovlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
aylanmadan soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini oʻrnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish;
yer va mol-mulk soligʻining soliq bazasini oshirish, yaʼni xatlov ishlarini samarali va muntazam tashkil etib borish vazifalari yuklatilsin.
11. Majburiy ijro byurosi Kitob tuman boʻlimi (J.Karimov), tuman soliq inspeksiyasi (A.Yuldoshev) bilan hamkorlikda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud soliq qarzdorliklarini byudjetga undirish yuzasidan tegishli choralar koʻrib borsinlar hamda choraklar yakuni bilan soliq qarzdorliklarining chorak boshiga nisbatan kamayib borishi boʻyicha barcha kompleks chora-tadbirlar koʻrish vazifasi yuklatilsin.
12. Kitob tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM (Y. Isroilov) va tuman soliq inspeksiyasi (A.Yuldoshev) tumandagi masʼul tashkilotlar bilan birgalikda tumanda sugʻorishga sarflanayotgan suv hajmlari boʻyicha aniq hisob-kitoblar yuritgan holda mazkur isteʼmol hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni toʻliq hisoblanishini hamda moliya yili yakuniga qadar mahalliy byudjetlarga toʻliq undirib olish vazifasi yuklatilsin.
Bunda, qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan isteʼmol qilinayotgan suv resurslari hajmlari va ushbu hajmlar boʻyicha hisoblanayotgan suv soliqlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilsin.
13. Tuman Ichki ishlar boʼlimi (F.Tairov), tuman Adliya boʻlimi (A.Xoliyorov) tumanda byudjetga hisoblangan boj, jarima va yigʻimlarni oʻz vaqtida toʻliq byudjetga undirish choralarini koʻrib borsinlar.
14. Xalq deputatlari tuman Kengashi, tuman hokimligi hamda masʼul tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 27- va 28-moddalarida belgilangan byudjet sohasidagi vakolatlaridan kelib chiqib, byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi hamda byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
15. Tuman mahalliy byudjetidan mablagʻ oluvchilar hamda byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Davlat moliyaviy nazorati Inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi (N.Ismonov) byudjetdan ajratilgan mablagʻlarni maqsadli ishlatilishini nazorat qilish va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalarida axborot berib borish vazifalari yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
17. Tuman hokimligi Axborot xizmati (Q.Oqilov), tuman soliq inspeksiyasi (A.Yuldoshev), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (I.Raxmonov) bilan birgalikda hokimlik va hokimlik muassisligidagi gazetalarda Qonunda belgilangan ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni eʼlon qilinishi hamda hokimliklarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini tashkil etsin.
18. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvar kundan boshlab kuchga kiradi.
19.Xalq deputatlari Kitob tumani Kegashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Kitob tumanining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-3-024-4-62-K/24-sonli qarori 2025-yil 31-dekabr kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
20. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirirsh va iqtisodiy islohotlar masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi (A.Boboev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari–tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi T.Nasimovlar zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi raisi GʻAFUROV RUSTAM ABDIRASULOVICH
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-13-112-4-62-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.