30.12.2025 yildagi VII-19-205-3-52-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtakor tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaridan foydalanganlik uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) soliq stavkalariga kamayuvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429,437,445 va 452-moddalari, xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-23-351-3-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq hamda tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 22-dekabrdagi 27-05256-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi qaroriga asosan Paxtakor tumani uchun yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutlaq miqdori 58.088 mln. soʻm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv.metr uchun bazaviy soliq stavkasining mutlaq miqdori 422.2 soʻm minimal miqdor belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman soliq inspeksiyasining hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kelgusi yil uchun belgilangan mahalliy byudjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning bazaviy yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaridan foydalanganlik uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) soliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumanning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab 2026-yil uchun yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarining 1 gektariga belgilangan yer soligʻi stavkasiga, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) 1 kv. metr uchun belgilangan yer soligʻi stavkasiga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va yer qaridan foydalanganlik uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari noruda qurilish materiallari boʻyicha) soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamayuvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar va soliq stavkalari 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi yer soligʻi stavkalariga mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, ilovaga asosan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash vakolati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq kodeksining 445-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi suv soligʻi stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga haqli ekanligi (bundan Soliq kodeksining 445-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlari, shuningdek, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq toʻlovchilar mustasno) inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq kodeksining 452-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy belgilangan soliq stavkalariga 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilashga haqli ekanligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman soliq inspeksiyasi 2026-yil uchun ushbu qaror bilan tasdiqlangan stavkalar asosida hisoblanishi va belgilangan tartibda undirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror “Paxtakor hayoti” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qaror 2026-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tumandagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha mahallalar kesimida yer soligʻi stavkalari uchun 2025-yilda belgilangan koeffitsiyentlari toʻgʻrisida”gi VII-4-030-3-52-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar” masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi MAMANOVA KAROMAT XOLMANOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Paxtakor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-205-3-52-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.