XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi “Xorazm viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-4-029-12-0-K/24-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-455-sonli va 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-sonli qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 127-moddasiga muvofiq 2025-yil uchun belgilangan daromadlar prognozi hamda tasdiqlangan xarajatlarni mos ravishda oshirish hamda Budjet kodeksning 147-moddasiga muvofiq viloyat budjetining 2025-yil xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi Xorazm viloyatida mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha yil yakunlariga koʻra undirilishi kutilayotgan mablagʻlar hamda ushbu soliqlarning 10 foizi hisobidan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish” jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar boʻyicha yuzaga keladigan yetishmovchilikni qoplash maqsadida qoʻshimcha mablagʻ ajratilishi toʻgʻrisidagi va Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 11-dekabrdagi xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi “Xorazm viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-4-029-12-0-K/24-sonli qarorining 4-bandi beshinchi xatboshisida keltirilgan mahalliy budjetlarning 2025-yil daromadlari va xarajatlarining chegaraviy hajmi 5-ilovasiga oʻzgartirish kiritilib, 1-ilovaga;
mol-mulk va yer soligʻining 10 foiz qismini mahalla budjetga yoʻnaltirish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xorazm viloyatining viloyat budjetidan hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlariga 2025-yilning davomida kiritilgan oʻzgarishlar 3-ilovaga muvofiq, viloyat hamda tumanlar va shaharlar budjetlarining 2025-yil xarajatlari yoyilmasiga kiritigan oʻzgartirishlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Ushbu qaror “Xorazm haqiqati” gazetasida rasman eʼlon qilsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Ushbu qaror tasdiqlangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi K.Igambergenov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi RADJABOV ALTIBAY BEGJANOVICH
Xorazm viloyati,
2025-yil 29-dekabr,
VII-16-152-12-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.