XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Termiz tumanidagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspert komissiyasining 2025-yil 10-noyabrdagi 05-19-19808-sonli yigʻilish bayoni va xulosasini koʻrib chiqib va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asoslanib, Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geofrafik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 10-noyabrdagi 05-19-19808-sonli Ekspertiza xulosasi hamda tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshrish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi K. Xudoyberdiyevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 10-noyabrdagi 05-19-19808-sonli yigʻilish bayoni va Davlat ekspertizasi xulosasiga asosan tumandagi jami 23 ta geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha berilgan ekspertiza xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq deb hisoblanganligi inobatga olinsin hamda koʻchalarning nomlari mahallalar kesimida 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi axborot xizmati (Gʻ. Boʻriyev), tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi K. Xudoyberdiyev bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni ommaviy axborot vositasi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (G. Turdiyeva) hamda tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (K. Xudoyberdiyev)lar zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi NAZAROV SOATMUROT ABDULLAYEVICH
Surxondaryo viloyati, Termiz tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-14-180-8-117-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.