XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Yangiariq tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429- vа 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mahallalar iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yil 1-yanvardan yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1-2-ilovalarga muvofiq;
Bunda, yer soligʻining amaldagi stavkalari 1,2 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari keyingi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozi doirasidan kelib chiqqan holda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.
3. Ushbu qaror “Yangiariq ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Xalq deputatlari Yangiarq tumani Kengashining 2024-yil 28-dеkаbrdagi VII-5-022-12-179-K/24-sonli qarori va 1-2-ilovalari 2026-yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiy moliya boʻlimi boshligʻi S. Jabbarov hamda xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining mahalliy budjetini shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi X. Ollaberganovlar zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi MATNAZAROV ZAFARBEK BAHADIROVICH
Xorazm viloyati, Yangiariq tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-20-175-12-179-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.