XALQ DEPUTATLARI BOYSUN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Boysun tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27-, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni va xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-17-173-8-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Surxondaryo viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 26-dekabrdagi 22-13-04/130-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-17-173-8-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur Qarorga muvofiq, Boysun tuman byudjetining 2026-yilgi daromadlari 108,525 mlrd soʻm va xarajatlari esa 108,525 mlrd soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi shuningdek, Boysun tuman byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 306, 112 mln soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Boysun tuman mahalliy byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Boysun tuman mahalliy byudjetidan 2026-yilda mahalliy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
2026-yilda umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy toʻlovlar hamda soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha belgilanadigan ajratma meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Boysun tuman mahalliy byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1,318 mlrd soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
5. Boysun tuman mahalliy budjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarining chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. 2026-yil uchun Boysun tuman mahalliy budjetida yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar miqdori 5-ilovaga muvofiq belgilansin.
7. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Y. Joʻrayev), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (M. Mamadiyev), tuman soliq inspeksiyasi (T. Sarmanov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
8. Mahalliy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, mahalliy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlasinlar.
9. Ushbu qaror “Boysun” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
10. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Q. Alimov) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Y. Joʻrayev) zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi SHUKUROV BOXADIR SHOTURAYEVICH
Boysun t.,
2025-yil 30-dekabr,
VII-18-128-8-110-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.