XALQ DEPUTATLARI SOʻX TUMANI KENGASHINING
qarori
Soʻx tumanining 2026 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025 yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining 2025 yil 29 dekabrdagi VII-15-160-11-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Fargʻona viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025 yil 29-dekabrdagi 01/07-17/10016-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Soʻx tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining 2025 yil 29-dekabrdagi VII-15-160-11-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarorga muvofiq, Soʻx tuman budjetining 2026 yilgi daromadlari 26.2 mlrd.soʻm va xarajatlari esa 88.1 mlrd.soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi hamda viloyat budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar 61.8 mlrd.soʻm miqdorida tasdiqlanganligi, shuningdek Soʻx tuman budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 243.0 mln.soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Soʻx tuman budjeti daromadlarining 2026 yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Soʻx tuman budjetidan 2026 yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Soʻx tuman budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026 yil uchun 1.1 mlrd.soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
5. Quyidagilar:
qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 3-ilovaga muvofiq,
jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 4-ilovaga;
noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy belgilangan soliq stavkalari quyidagi miqdorlar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Soʻx tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari I. Tojiboev, Soʻx tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Z. Iskandarov), Soʻx tuman soliq inspeksiyasi (F. Turaboev) bilan birgalikda 2026 yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
7. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan budjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari Soʻx tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
8. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda Soʻx tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Soʻx tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (N. Sadirbekov) hamda Soʻx tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari I. Tojiboev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi S. SAYIDMUSAYEV
Fargʻona viloyati, Soʻx tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-16-123-11-159-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.