14.11.2025 yildagi VII-14-92-11-158-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI RISHTON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rishton tuman mahalliy byudjetning 2025-yil III chorak daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 120-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan qoʻshimcha mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-dekabrda qabul qilingan “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuniga (Keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq, Xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy byudjetlarni boshqarishda erkinliklar berilib, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha stavkalarini belgilash, mahalliy byudjet xarajatlarini hududiy byudjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni va sessiyada deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunini 6 va 24 moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-dekabrda qabul qilingan “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuniga (Keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi.) muvofiq, Rishton tumani mahalliy byudjetining 2025 yil III chorak daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidagi mablagʻlari jami 2 617 901,8 ming soʻm (daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi 2 508 696,1 ming soʻm, yer sotishdan tushgan tushum 109 205,7 ming soʻm) miqdorida shakllangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Rishton tuman hokimligining mahalliy byudjetning 2025 yil III chorak daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidagi mablagʻlarini birinchi navbatda Hukumat qaror va bayonlarida koʻzda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirishga, muhim Davlat dasturlari ijrosini taʼminlashga, aholini turmush farovonligini oshirishga hamda favqulodda vaziyatlarda va kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar ijrosini taʼminlashga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman mahalliy byudjetining 2025 yil III chorak daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hamda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan mablagʻlari belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi ilovaga asosan taʼminlansin. Bunda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli Qarorining 1-bandiga asosan fuqarolar ishtirokining tuman byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 30 foizini “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish uchun 752 609,0 (yetti yuz ellik ikki million olti yuz toʻqqiz) ming soʻm,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-7-may kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi yakunlari boʻyicha tasdiqlangan majlis bayonining 18-bandiga asosan, oʻz vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va masʼuliyatli ishlarni bajarayotganligi, ish samaradorligi va masʼuliyatini oshirish, moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ular oʻrtasida korrupsiyaviy muhitni shakllanishini oldini olish maqsadida tuman hokimligining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, koʻnikma markazi va tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi xodimlarini 2025 yil oktyabr, noyabr va dekabr oylari uchun bir oylik ish haqi miqdorida (belgilangan ragʻbatlantirish qoʻshimchalar bilan birga) 100 foizi miqdorida ustama toʻlash uchun jami 319 478,0 (uch yuz oʻn toʻqqiz million toʻrt yuz yetmish sakkiz) ming soʻm,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan davlat boji, ekspertiza, sud hamda boshqa xarajatlarni qoplash uchun 324 045,0 (uch yuz yigirma toʻrt million qirq besh) ming soʻm,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda xukumati qaror va farmonlarida belgilangan tadbirlar uchun 1 221 769,8 (bir milliard ikki yuz yigirma bir million yetti yuz oltmish toʻqqiz) ming soʻm belgilangan tartibda yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 dekabrdagi RQ-455-sonli qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida, tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining 2025 yil xarajatlar smetasida boʻsh turgan shtat birliklari hamda samarasiz xarajatlar xisobidan maqbullashtirish natijasida shakllangan 71 152,0 ming soʻm mablagʻlar xisobidan,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 27 fevral kungi 03-03/1-4456-sonli roʻyxatga olingan 6-sonli yigʻilish bayonining IV boʻlim 4.2 xatboshiga asosan maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan budjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari zaruriy xarajatlari uchun shuningdek, qolgan qismini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bugungi kunda hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb tadbirlarga yoʻnaltirish belgalanganligi sababli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman fermer xoʻjaliklari buxgalteriyasi markazining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari uchun 71 152,0 (yetmish bir million bir yuz ellik ikki) ming soʻm mablagʻlarni qoplash uchun qoʻshimcha manbaa hisobidan (maqbullashtirish) yetishmagan mablagʻ ajratish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (D. Raxmonqulov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi birinchi oʻrinbosari (I. Djurayev)lar tegishli ravishda budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatish hamda erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarini Kengashga kiritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi Z. Axmedov hamda tuman hokimining birinchi-oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi D. Raxmonqulov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi B. XOLIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Rishton tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-92-11-158-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.