XALQ DEPUTATLARI SOʻX TUMANI KENGASHINING
qarori
Soʻx tumani mahalliy byudjetining 2025-yil III chorak ijrosi toʻgʻrisida
Tuman hokimligi tomonidan taqdim etilgan tuman mahalliy byudjetining 2025-yil III chorak yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27, 148-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 1011-sonli Qonuni hamda tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 10-noyabr kunidagi 17-419-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil III chorak yakuni boʻyicha daromadlarining bajarilishi 1-ilovaga, xarajatlarning bajarilishi 2-ilovaga, 2025-yil II-III chorak daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi mablagʻlarini hisobidan yoʻnaltiriladigan mablagʻlar 3-4-ilovaga, Soʻx tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi tomonidan III-chorakda mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga kiritilgan oʻzgartirishlar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlash taklifi maʼqullansin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi N.Sodirbekov hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari I.Tojiboyev zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi S. SAYIDMUSAYEV
Fargʻona viloyati, Soʻx tumani,
2025-yil 14-noyabr,
VII-15-104-11-159-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.