XALQ DEPUTATLARI SHAHRISABZ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Shahrisabz tumanidagi geografik obyektlarga nom berish, koʻchalarni toifalarga ajratish va qayta nomlash toʻgʻrisida
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 4-noyabrdagi 05/19-19347-sonli yigʻilish bayoni va Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida 2025-yil 4-noyabrdagi 05/19-19347-sonli ekspert xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-, 6-, 10-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 4-noyabrdagi 05/19-19347-sonli yigʻilish bayoni va Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida 2025-yil 4-noyabrdagi 05/19-19347-sonli ekspert xulosasi maʼqullansin.
2. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Shahrisabz tumanida Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz tuman filiali, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman boʻlimi masʼullari va mahalla raislari bilan birgalikda tashkil etilgan xatlovlar natijasida tumandagi mavjud barcha toifadagi nomsiz koʻchalar 3009 ta ekanligi, shuningdek, ushbu geografik obyektlarning nomlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb xulosa berilganligi inobatga olinsin.
3. Shahrisabz tumanidagi 3009 ta toifalarga ajratilgan, nomlangan va qayta nomlangan koʻchalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Kadastrlar palatasi Shahrisabz tuman filiali (Y. Ismoilov) 15 (oʻn besh) kun muddatda xalq deputatlari tuman Kengashining mazkur qarori bilan oʻzgartirilgan geografik obyektlarining nomlarini davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
5. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (Z. Xalilov), tuman Statistika boʻlimi (O. Abdullayev), Kadastrlar palatasi Shahrisabz tumani filiali (Y. Ismoilov)ga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtkazish idoralari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib hisobotlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
6. Shahrisabz tuman Ichki ishlar boʻlimi (O. Yoʻldoshev) yangi nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
7. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Shahrisabz tuman boʻlimi (S. Raxmanov) bir oy muddatda hududlarda yangi nom berilgan va nomlari oʻzgargan geografik obyektlar haqida aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalarga yozib, oʻrnatish choralarini koʻrsin.
8. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (N. Qulmatov), mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng hokimlikning rasmiy vebsaytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Yusupov) zimmasiga yuklansin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi XASANOV SAMAD AXATILLAYEVICH
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani,
2025-yil 26-dekabr,
VII-24-116-4-67-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.