QASHQADARYO VILOYATI DEHQONOBOD TUMANI HOKIMINING
QARORI
Dehqonobod tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan, tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Dehqonobod tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Tuman hokimligi (S. Maxmudov), tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlim boshligʻi (B. Boʻriyev)ga tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish topshirilsin.
3. Tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul etib belgilansin.
4. Mazkur qaror “Dehqonobod ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning dehqonobod.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran tuman hokimining 2024-yil 19-iyundagi 195-4-57-Q/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari S.Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi SH. SHOKIROV
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani,
2025-yil 18-dekabr,
381-4-57-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.