23.12.2025 yildagi VII-19-169-12-179-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 2025-yil 29-apreldagi “2025-yilning yozgi sugʻorish davrida tumanda suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi VII-9-61-12-179-K/25-sonli qarorining 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5 sonli qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi va qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan vegetatsiya hamda kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqishi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida” gi nizomning 37-bandida suvdan foydalanish va suv isteʼmol qilishning belgilangan davri tugagandan keyin ikki oy muddatda vakolatli tashkilotlar tomonidan, manbalardagi suvning haqiqiy miqdori hisobga olingan holda, oʻtgan davr uchun suv olishning uzil-kesil limitlari tasdiqlanadi deb koʻrsatilgan boʻlib, mazkur Nizom asosida Suv xoʻjaligi vazirligi 2025-yilning vegetatsiya (sugʻorish) davrida ajratilgan suv olish limitlari 2025-yil 30-oktabrdagi 187-sonli buyrugʻi bilan sugʻorish davriga ajratilgan limitlar qayta taqsimlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 20-, 68-69-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangiariq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N.Otajanovning xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 2025-yil 29-apreldagi “2025-yilning yozgi sugʻorish davrida tumanda suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi VII-9-61-12-179-K/25-sonli qarorining 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish va suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davrida yetkazib berish uchun tasdiqlangan 106710,0 ming m3 suv limitini, 8626,0 ming m3 suv limitga oshirib, jami 115336,0 ming m3 suv limiti qilib oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 2025-yil 29-apreldagi “2025-yilning yozgi sugʻorish davrida tumanda suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi VII-9-61-12-179-K/25-sonli qarorining 1-ilovasiga mazkur qarorning ilovasi bilan oʻzgartirish kiritilsin hamda Yangiariq tumanidagi suv isteʼmolchilarning limitlari 2025-yil vegetatsiya davri uchun jami 115336,0 ming m3 suv qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yangiariq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N. Otajanov mazkur qarordan kelib chiqib, suv isteʼmolchilari bilan 2025-yil vegetatsiya davri uchun tuzilgan shartnomalarga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritish ishlarini amalga oshirsin hamda yakuni boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari E. Xudoyberganov va xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A. Allaberganov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror “Yangiariq ovozi” gazetasi va tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi MATNAZAROV ZAFARBEK BAHADIROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Yangiariq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-169-12-179-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.