XALQ DEPUTATLARI NISHON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Nishon tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi O`RQ-635-son Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan hamda tuman hokimining 2025-yil 7-oktyabrdagi 67-4-65-F/25-son farmoyishiga asosan, Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra tumandagi shahar, shaharcha va qishloqlarning umumiy perimetri 832123 metr umumiy maydoni 211522,41 gektar ekanligi aniqlandi Jumladan:
1. Yangi Nishon shahar umumiy perimetri 10304 metr, umumiy maydoni 536,96 gektar;
2. Tallimarjon shahar umumiy perimetri 8898 metr, umumiy maydoni 378,44 gektar;
3. Nishon shaharchasi umumiy perimetri 12337 metr, umumiy maydoni 390,53 gektar;
4. Guliston shaharchasi umumiy perimetri 6525 metr, umumiy maydoni 221,67 gektar;
5. Oqoltin shaharchasi umumiy perimetri 7916 metr, umumiy maydoni 260,55 gektar;
6. Sardoba shaharchasi umumiy perimetri 10220 metr, umumiy maydoni 368,68 gektar;
7. Paxtachi shaharchasi umumiy perimetri 14935 metr, umumiy maydoni 559,17 gektar;
8. Oydin shaharchasi umumiy perimetri 10369 metr, umumiy maydoni 351,13 gektar;
9. Samarqand shaharchasi umumiy perimetri 6863 metr, umumiy maydoni 128,16 gektar;
10. Paxtazor shaharchasi umumiy perimetri 7066 metr, umumiy maydoni 206,83 gektar;
11. Nuriston shaharchasi umumiy perimetri 15653 metr, umumiy maydoni 803,21 gektar;
12. Balxiyak qishlogʻi umumiy perimetri 34660 metr, umumiy maydoni 7374,56 gektar;
13. Navroʼz qishlogʻi umumiy perimetri 35940 metr, umumiy maydoni 6594,84 gektar;
14. Nishon qishlogʻi umumiy perimetri 340895 metr, umumiy maydoni 130062,57 gektar;
15. Oqoltin qishlogʻi umumiy perimetri 68977 metr, umumiy maydoni 8793,26 gektar;
16. Oydinlik qishlogʻi umumiy perimetri 80217 metr, umumiy maydoni 21718,20 gektar;
17. Paxtazor qishlogʻi umumiy perimetri 44970 metr, umumiy maydoni 7061,64 gektar;
18. Qirqquloch qishlogʻi umumiy perimetri 42675 metr, umumiy maydoni 5579,54 gektar;
19. Shirinobod qishlogʻi umumiy perimetri 72703 metr, umumiy maydoni 20132,48 gektar;
Nishon tumani maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda shahar, shaharcha va qishloqlar chegaralari ajratib koʻrsatilgan holda tavsiflandi. Chegaralar chizigʻining yozuvli matni tavsifida joyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlanib, chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofasi va chegara chizigʻining qutb yoʻnalishlari aks ettirildi. Chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Nishon tumani filiali rahbarining axborotini tinglab, taqdim etilgan maʼlumotlar fikr va mulohazalarini hamda taklif va tavsiyalarini atroflicha oʻrganib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Davlat kadastrlari palatasining Nishon tumani filiali (I. Chorshanbiyev)ning Nishon tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Nishon tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh tarkibining 2025-yil 22-oktyabrdagi 01/001/101-son yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Nishon tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakuniy natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga muvofiq;
maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash boʻyicha kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi matbuot xizmati (O. Tojiyev) mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning tasdigʻi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashidan soʻralsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari (S. Xaqnazarov, Z. Aramov, M. Sheroliyev, T. Xatamov, Sh. Xujaqulova, O. Abdujalilov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi TOGʻAYEV BOTIR NORMAHMADOVICH
Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani,
2025-yil 17-dekabr,
VII-15-147-4-65-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.