XALQ DEPUTATLARI OQDARYO TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oqdaryo tumanining 2025-yil IV chorak mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 127-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qaroriga asosan tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 1 309 480,0 (bir milliard uch yuz toʻqqiz million toʻrt yuz sakson) ming.soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-023-7-92-K/24-son qarori 1-ilovasidagi 8-bandi hamda 2-ilovasidagi 10-bandlari tuman mahalliy byudjeti hisobidan Oqdaryo tuman mahalliy byudjetining 2025-yil IV chorak daromadlari va xarajatlarini 1 309 480,0 (bir milliard uch yuz toʻqqiz million toʻrt yuz sakson) ming.soʻm 1-ilovaga muvofiq oshirilsin.
3. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (N. Ismoilov)ga Oqdaryo tumani mahalliy byudjetining 2025-yil IV chorak daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (R. Rabbanaqulov) va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (E. Ashurov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi QUDRATOV SHERZOD ASATOVICH
Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani,
2025-yil 17-dekabr,
VII-22-145-7-92-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.