XALQ DEPUTATLARI ISHTIXON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Ishtixon tumanining 2025 yil IV chorak mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 127-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori, Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 13-noyabrdagi 01-38-819-son xulosasi, Ishtixon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Q.Nuriddinovning 2025-yil 13-noyabrdagi 161-son bildirgisi, Ishtixon tumani Adliya boʻlimining 2025-yil 12-dekabrdagi 5/16-25-sonli xulosasiga muvofiq, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, 16-sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qaroriga asosan, tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 1 691 000,0 ming (bir millard olti yuz toʻqson bir million) soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Ishtixon tuman boʻlimi tasarrufidagi mahallalarning “Mahalla jamgʻarmasi”ga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-3-017-7-95-K/24-son qarori 1-ilovasidagi 8-bandi hamda 2-ilovasidagi 9-bandlari tuman mahalliy byudjeti hisobidan Ishtixon tumani mahalliy byudjetining 2025 yil IV chorak daromadlari va xarajatlari 1 691 000,0 ming (bir millard olti yuz toʻqson bir million) soʻm miqdorida 1-ilovaga muvofiq oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi 128-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-son qaroriga asosan Ishtixon tumani mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish boʻyicha Ishtixon tuman hokimligining taklifi loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun 110866-son bilan 10 kun muddatga “E-Kengash” elektron tizimiga joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasiga loyiha regulation.gov.uz saytida eʼlon qilinganligi, muhokama yakunlari bilan jamoatchilik tomonidan “Ishtixon tumanining 2025 yil IV chorak mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish boʻyicha ilovadagi maʼlumotlar taklif etilgan fayldagi malumotlar bilan almashtirilish” taklifi kelib tushganligi inobatga olinsin.
4. Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (S.Ibragimov) Ishtixon tumani mahalliy byudjetining 2025-yil IV chorak daromadlar va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjetni, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Abdugʻaniyev) hamda Ishtixon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari (Q.Nuriddinov) zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi NAXALOV ZAYNIDDIN GUZARBOYEVICH
Samarqand viloyati, Ishtixon tumani,
2025-yil 12-dekabr,
VII-16-168-7-95-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.