XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Nurobod tumanidagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarida joylashgan 63 ta nomsiz koʻchalarga nom berish toʻgʻrisida
Tuman hokimligi huzuridagi Geografik obektlarga nom berish va qayta nomlash komissiyasi tomonidan tumandagi 126 ta koʻchalarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha berilgan takliflardan 63 ta koʻcha nomlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan berilgan ekspertiza xulosasiga asosan qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 17-oktabrdagi 03/08-11827-son xatiga asosan, Nurobod tumanidagi nomsiz 63 ta koʻcha nomlarini nomlash toʻgʻrisida tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi I.Xakulovaning axborotini muohokama etib, xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn beshinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Nurobod tumanidagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarida joylashgan 63 ta nomsiz koʻchalarga nom berish toʻgʻrisida tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi I.Xakulovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Nurobod tumanidagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarida joylashgan 63 ta nomsiz koʻchalarga nom berish toʻgʻrisida maʼlumot ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (I.Xakulova) mazkur geografik obektlarni Davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
4. Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (M.Muxtorov), tuman Statistika boʻlimi (M.Toʻrayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (L.Xamrayev)lar tumanda yangi nomlangan va nomi oʻzgargan koʻcha nomlarini tuman xaritasiga joylashtirish, koʻcha nomlari tushirilgan xaritalarni mahalla fuqarolar yigʻini binolariga oʻrnatish, shuningdek tegishlicha tumanning statistik maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritishni taʼminlasin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (E.Pardayev), “Nurobod” gazetasi bosh muharriri (N.Botirova)ga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (B.Suyunov), Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari (I.Xakulova), tuman hokimining oʻrinbosari (A.Ziyatov) zimmalariga yuklansin.
Kengash raisi BURANOV MAXSUD ERKINOVICH
Samarqand viloyati, Nurobod tumani,
2025-yil 27-noyabr,
VII-15-122-7-99-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.