QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI TOʻRTKOʻL TUMANI HOKIMINING
QARORI
Toʻrtkoʻl tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 30-moddasi ijrosi yuzasidan 2024/2025-oʻquv yilida 2 ta yangi (73 hamda 77-sonli), 2026-yilda 3 ta yangi (74, 75 hamda 76-sonli) umumiy oʻrta taʼlim maktablari tashkil etilishi munosabati bilan hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 10-noyabrdagi 01-11-2690-sonli xatiga va Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi
913-XII-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
913-XII-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Toʻrtkoʻl tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufida 2024/2025-oʻquv yilidan 2 ta yangi (73, 77-sonli) va 2026-yilda 3 ta yangi (74, 75 hamda 76-sonli) umumtaʼlim maktablari tashkil etilishi munosabati bilan Toʻrtkoʻl tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hudud (mikrohudud)lar ilovaga muvofiq qaytadan belgilansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Yangibayev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi I. XUDAYBERGENOV
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani,
2025-yil 16-dekabr,
335-13-190-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.