XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHINING
qarori
Urganch tumanidagi ayrim geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 24-noyabrdagi 05/19-20688-sonli yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 24-noyabrdagi 05/19-20688-sonli yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasi va tuman hokimligining geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larni nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklifi maʼqullansin.
2. Urganch tumanidagi geografik obyektlar (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha) nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Urganch tumani Davlat soliq inspeksiyasi, tuman statistika boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman ichki ishlar boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlarga quyidagilar topshirilsin:
mazkur qaror bilan nomlari tasdiqlangan 73 ta koʻchani belgilangan tartibda ish yuritish hujjatlariga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish, shuningdek, boshqa tegishli tashkiliy-amaliy choralarni koʻrish;
tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan fuqarolarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish jarayonlarida yangilangan koʻcha nomlarining toʻgʻri aks ettirilishiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼminlansin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari A. Xoʻjayev, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Urganch tumani boʻlimi S. Bekchanov hamda Obodonlashtirish boshqarmasi D. Yakubovga bir oy muddatda:
qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosidagi koʻchalarga ularning yangi nomlari yozilgan metall koʻrsatkichlar, belgilar va peshlavhalarni belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishda, lotin yozuvida bosqichma-bosqich oʻrnatish va almashtirish;
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan muddatda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasiga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
5. Tuman ichki ishlar boʻlimi J. Raxmetovga:
fuqarolarning xorijga chiqish va kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻchalarning qayta nomlanganligiga alohida eʼtibor qaratish;
rasmiylashtiriladigan hujjatlarda geografik obyektlarning nomlari toʻgʻri aks ettirilishini doimiy nazoratga olish topshirilsin.
6. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan geografik obyektlarga berilgan nomlar boʻyicha tegishli hujjatlar oʻn kun muddatda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligiga taqdim etilsin.
7. Mazkur qaror bilan bogʻliq hujjatlar geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasiga taqdim etilsin.
8. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi R. Sabirov qaror ijrosini moliyalashtirish boʻyicha 3 kun muddatda tuman hokimligiga taklif kiritsin.
9. Mazkur qaror “Urganch haqiqati” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10. Qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi G. SULTANOV
Xorazm viloyati, Urganch tumani,
2025-yil 11-dekabr,
VII-16-123-12-173-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.