XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMANI KENGASHINING
Qarori
Amudaryo tumani boʻyicha 2025-2026-yillar kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaroriga asosan “Amudaryo tumani boʻyicha 2025-2026-yillar kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini belgilash” to`g`risidagi Amudaryo tuman Suv yetkazib berish hizmati davlat muassasasi direktorining hisibotini tinglab va muhokama etib Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi qaror qiladi:
1. “Amudaryo tumani boʻyicha 2025-2026-yillar kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini belgilash” to`g`risidagi Amudaryo tuman Suv yetkazib berish hizmati davlat muassasasi direktorining hisiboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Amudaryo tumani boʻyicha 2025-2026 yillar kuz-qish davri uchun yakuniy iste`molchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga — tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlari ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi XOJAMETOV SABIR JABBARBERGANOVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani,
2025-yil 6-noyabr,
VII-14-99-13-181-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.