30.09.2025 yildagi VII-10-85-10-213-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NURAFSHON SHAHRI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Nurafshon shahridagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash boʻyicha takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 27-avgustdagi yigʻilish bayoni va ekspert xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Shoismanovaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash boʻyicha takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 27-avgustdagi yigʻilish bayoni va ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan shahardagi 24 ta koʻcha nomi roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nurafshon shahri Davlat soliq inspeksiyasi, shahar statistika boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, iqtisodiyot va moliya boʻlimi, shahar ichki ishlar boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi shahar filiali, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlarga quyidagilar topshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan nomlari tasdiqlangan 24 ta koʻchani belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish, shuningdek, boshqa tegishli tashkiliy-amaliy choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan fuqarolarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish jarayonlarida yangilangan koʻcha nomlarining toʻgʻri aks ettirilishiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Nurafshon shahri filiali (I. Ibrohimov) va shahar Davlat xizmatlari markazi (D. Axmedova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli hamda 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-sonli qarorlarida belgilangan tartibga muvofiq, geografik obyektlar nomlarini tartibga solish yuzasidan koʻchalar nomlarining oʻzgartirilishi munosabati bilan aholiga davlat boji undirilmasligini taʼminlash choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (A. Eshbayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Nurafshon shahri boʻlimi (Z. Maxsudova) hamda Obodonlashtirish boshqarmasi (S. Azizixodjayev)ga bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosidagi koʻchalarga ularning yangi nomlari yozilgan metall koʻrsatkichlar, belgilar va peshlavhalarni bosqichma-bosqich oʻrnatish va almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan muddatda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Shoismanovaga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar ichki ishlar boʻlimi (A. Yuldashev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning xorijga chiqish va kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻchalarning qayta nomlanganligiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtiriladigan hujjatlarda geografik obyektlarning nomlari toʻgʻri aks ettirilishini doimiy nazoratga olish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror “Mashʼal” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda Nurafshon shahri hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Shoismanova tomonidan geografik obyektlarga berilgan nomlar boʻyicha tegishli hujjatlar oʻn kun muddatda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Gʻ. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi KLICHXANOV ILXOM MAXMUDJONOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-85-10-213-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.