XALQ DEPUTATLARI JONDOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining Jondor tumanida ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorida Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish, oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish, sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarnisoz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish, isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmitoʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish,suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish vazifasi belgilangan.
Jondor tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tumandagi 896 ta fermer xoʼjaliklari va 5329 ta dehqon xoʼjaliklariga jami 6225 ta suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berish boʼyicha oʼz xizmatlarini olib boradi.
Jondor tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi 110 kilometr xoʼjaliklararo, 421 kilometr ichki xoʼjalik tarmoqlari balansiga olindi. Shundan: hozirgacha 6,8 kilometr (Xatcha-1 kanali) mexanizm yordamida tozalandi, 19,2 kilometr (kichik Joʼyzar kanali) toʼliq qoʼl kuchi yordamida xas-xashaklar va loydan tozalash ishlari amalga oshirilgan. 24 kilometr ichki xoʼjalik kanallarda taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilgan.
2024-yil 31-may va 1-iyun kunlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi davomida Buxoro viloyatida 2025-yilda irrigatsiya obeʼktlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal taʼmirlash manzilli roʼyxatiga “Quyi Avgir” kanali-14 kilometr, “Kichik Joʼyzar” kanali-6,5 kilometr, “Buxoro-1” kanali -6,2 kilometr, R-1 Yakkatut kanali-6,2 kilometr va “Burjoq” kanali-6,0 kilometr rekonstruktsiya qilish Davlat Dasturiga kiritilgan.
Jondor tuman hududlarida 2025-2026-yillar novegetatsiya davri uchun sugʼoriladigan maydonlarning ekin turlari boʼyicha joylashuvi jami 35336 gektar shundan jami 25799 gektar shoʻr yuvish rejasi, 1666 gektar kuchli shoʻrlangan maydon, 10200 gektar oʻrta shoʻrlangan, 13933 gektar kuchsiz shoʻrlangan, 7202 gektar gʼalla, 593 gektar tomarqa, 1742 gektar nam toʻplash hamda dehqon xoʼjaliklari va qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlarga ega boʼlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslari iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilgan cheklangan suv miqdori limit 167,5 mln metr kub qilib belgilanib, shundan sugʼorishga 163.0 mln metr kub, sanoat va kamunal xoʼjaligi 4.5 mln metr kub belgilashi rejalashtirilgan.
Tumanda 2025-2026-yillarda suv manbalaridan jami ajratilgan suv olish limiti 167,5 mln metr kub etib belgilanib, jumladan manbalardan suv olish limiti daryo oʼzanidan 167,5 mln metr kub ajratilishi rejalashtirilgan.
Tumanda 855 ta suv istemolchilari boʼlib shundan 414 ta paxtachilik va gʼallachilik yoʼnalishida, 50 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari yoʼnalishidagi, 391 ta bogʼ-chorbogʼ yoʼnalishidagi isteʼmolchilarga va dehqon xoʼjaliklari va qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlarga ega boʼlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslari iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilgan cheklangan suv miqdori limit belgilashi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan tuman hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-2026-yillar novegetatsiya davri uchun sugʻoriladigan maydonlari boʻyicha joylashuvi va tuman hududlarida 2025-2026-yillar novegetatsiya davrida ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit) jadvallari ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashiga tasdiqlash uchun kiritilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining Jondor tumanida ijrosi toʻgʻrisida tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori D.Marupovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori (D.Marupov)ning Jondor tumani boʻyicha 2025-2026-yillarda novegetatsiya mavsumida shoʻri yuviladigan va sugʻoriladigan maydonlari hamda novegetatsiya davrida ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit) jadvallari joylashuvi boʻyicha taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori (D.Marupov)га:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Хalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimligi axborot xizmati (S. Shomurodov), “Jondor ovozi” gazetasi tahririyati (I. Haydarov)larga Jondor tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-2026-yillar novegetatsiya davrida ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit)ni ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (E. Tursunov) va tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (Sh. Jumayev)lar zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi XUDOYEV JAMSHID RAJABOVICH
Buxoro viloyati, Jondor tumani,
2025-yil 10-noyabr,
VII-16-101-2-35-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.