XALQ DEPUTATLARI SHAHRISABZ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Хalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar guruhi tomonidan oʻrganilgan tumanda 2025-2026-yillar novegetatsiya davrida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Shahrisabz tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A. Arolovning Shahrisabz tumani boʻyicha 2025-2026 yil novegetatsiya davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (A. Arolov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (J. Asqarov), tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (A. Arolov):
Shahrisabz tumanida faoliyat yuritayotgan “Shahrisabz tomorqa xizmati” MChJ, “Xasanova Maxbusa” fermer xoʻjaligi, “Maxamov Bozor bobo” fermer xoʻjaligi, “Umid Agrofood” MChJ, “Sanobar avtotrans” MChJ, “Gold-way-express” MChJ, “Kesh turist gold sulfar” MChJ suv isteʼmolchilariga 2025-2026-gidrologik yil uchun qishloq xoʻjaligi rejasida belgilangan ekinlarni ekib, oʻz majburiyatiga olgan eksport rejasini bajarib boʻlganidan keyin suv limiti ajratilsin, ushbu jarayon nazoratga olinsin;
2022-2023-2024-yillarda soliqqa tortilgan suv resurslarining hajmlarini qaytadan hisoblab chiqish nazoratga olinsin;
2025-2026-yil uchun Kengash qaroriga asosan qayta hisoblangan suv limiti ajratish belgilansin;
yuqorida koʻrsatilgan suv isteʼmolchilari suvdan doimiy ravishda noqonuniy va oʻz boshimchalik bilan foydalanib kelgan, shuning natijasi gidrotexnik inshootlarga zarar yetkazilgan ushbu holatni Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan nazoratga olinishi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilsin;
2025-yil uchun noqonuniy isteʼmol qilingan suv resurslari uchun 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli Qaroriga asosan ikki barobar oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilishi nazoratga olinsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (B. Karayev) hamda xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (A. Uzoqov) zimmalariga yuklansin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi XASANOV SAMAD AXATILLAYEVICH
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani,
2025-yil 14-noyabr,
VII-21-102-4-67-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.