XALQ DEPUTATLARI OʼRTACHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorining Oʻrta Chirchiq tumanidagi ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan. Shunga koʻra 2025-yil sugʻorish davri uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlab berish maqsadga muvofiq deb belgilangan.
Oʻrta Chirchiq tumanida 2025-2026-yilning kuzgi-qishki mavsumida sugʻorish ishlari amalga oshiriladigan yer maydonlari boʻyicha ekin turlarining joylashuvi quyidagicha taqsimlangan:
Oxunboboyev hududi maydoni 322,5 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 7 ta;
Kim Pen Xva hududi maydoni 2 054,0 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 35 ta;
Doʻstlik hududi maydoni 2 837,0 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 31 ta;
Qorasuv hududi maydoni 1 790,9 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 30 ta;
Rovatak hududi maydoni 596,0 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 7 ta;
Oʻzbekiston hududi maydoni 1 301,5 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 23 ta;
A.Navoiy hududi maydoni 631,0 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 10 ta;
Sof Oq-Oltin hududi maydoni 1 714,3 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 24 ta;
Tosh DAU hududi maydoni 2 682,5 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 43 ta;
Yangi toʻlqin hududi maydoni 1 555,8 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 18 ta;
Haqiqat hududi maydoni 2 238,3 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 44 ta;
Qaytmas hududi maydoni 473,6 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni
8 ta;
8 ta;
Yangi turmush hududi maydoni 609,0 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 10 ta;
A.Ikromov hududi maydoni 1 592,9 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 26 ta;
Guliston hududi maydoni 1 721,1 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 21 ta;
Oʻrtasaroy hududi maydoni 1 332,3 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 33 ta;
Istiqbol hududi maydoni 1 592,4 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 28 ta;
Mahalla fuqarolar yig`inlari maydoni 2 373,0 ga suv iste`molchilari soni 46 ta;
Jami sugʻoriladigan ekin maydoni 27 415,2 ga, jami fermerlar va suv isteʼmolchilar soni 444 tani tashkil etadi.
Oʻrta Chirchiq tumani boʻyicha 2025-2026-yilning kuzgi-qishki mavsumiga talab etiladigan suv miqdori 68,0 mln.m3 ni tashkil etadi.
“Chirchiq-Ohangaron” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boʻyicha 2025-2026-yilning kuzgi-qishki mavsumi uchun ajratilgan suv olish limiti Oʻrta Chirchiq tumani uchun jami 37,4 mln.m3, shu jumladan sugʻorishga (qishloq xoʻjaligi) 35,4 mln.m3, baliqchilikka 1,6 mln.m3 va boshqalarga 0.4 mln.m3 miqdorida taqsimlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻrta Chirchiq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori U. Bazarbayevning hisobotini tinglanib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Oʻrta Chirchiq tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻrta Chirchiq tumanida 2025-2026- yillar kuz-qish mavsumi uchun suv isteʼmolchilar kesimida ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻrta Chirchiq tumanida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan rejasini bajarilishi tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori U. Bazarbayev zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi X. Muradovning zimmasiga, qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Oʻrta Chirchiq tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (I. Soliev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi KASIMOV IXTIYOR RUSTAMOVICH
Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani,
2025-yil 14-noyabr,
VII-17-88-10-143-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.