18.11.2025 yildagi 837-14-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TOSHKENT SHAHRI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining toʻlov tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 211-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son qaroriga asosan hamda “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUKning 2025-yil 6-oktabrdagi 01-1973-son murojaatini inobatga olib, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Eski Juva dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatlarida toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlari orqali undirish bilan bogʻliq barcha tashkiliy ishlar yakuniga yetkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “Mirobod dehqon bozori” va “Eski Juva dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatlarida undirib olinadigan bir martalik (bozor pattasi) toʻlovi, inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar, bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari, umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi (Y. Nasimdjanov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi (Z. Karayev), “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK (A. Razzoqov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eski Juva dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatlari bilan birga jamiyatlarda undirib olinadigan bir martalik (bozor pattasi) toʻlovlari, inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar, bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari, umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatini elektron tarzda qabul qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari bilan birga inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan yangi miqdorlarni joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK (A. Razzoqov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eski Juva dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari bilan birga mazkur jamiyatlarda undirib olinadigan bir martalik (bozor pattasi) toʻlovlarini, inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarni, bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini, umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni elektron tarzda qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari bilan birga inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan yangi miqdorlar boʻyicha eʼlonlarni bozorlar hamda savdo komplekslarining kirish qismlariga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi 101-14-0-Q/25-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari (A. Xen), Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati (G. Kasimova) mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va “www.toshkent.uz” veb-sahifasiga joylashtirilishini taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi SH. UMURZAKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
837-14-0-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.