18.11.2025 yildagi 572-14-197-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHRI OLMAZOR TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olmazor tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-98-son va 2025-yil 4-avgustdagi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-126-son Farmonlari ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 25-moddalariga muvofiq, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Olmazor tumani hokimining birinchi oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi M. Mirzamaxmudov “Olmazor tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida”gi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-126-son Farmoniga asosan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralari shakllantirishi, bunda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining uch foizidan oshmasligi hamda xodimlari soni 100 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga nisbatan qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralari shakllantirilishi, bunda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining yetti foizidan oshmasligi hamda xodimlari soni 20 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha yillik soni yuz nafardan ortiqni tashkil etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar bundan mustasno) tomonidan 2026-yilda majburiy zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari (budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar) tomonidan 2026-yilda majburiy zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi xodimlari soni 100 nafardan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda hamda budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalarda 2026-yil uchun jami 648 ta (2,3 foiz) ish oʻrinlarining majburiy zaxiralari shakllantiriladi. Shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 0,5 foiz (172 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun 0,3 foiz (89 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari uchun 1,3 foiz (382 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun 0,06 foiz (19 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun 0,05 foiz (15 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 0 foiz (0 kishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil boshlanishidan oldin oʻn kundan kechikmay muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida zaxiraga qoʻyilishi va tayyorligini taʼminlashi, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar Olmazor tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlaydi, bu haqda Olmazor tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimini birinchi chorak tamom boʻlganidan soʻng, 10 kundan kechikmay xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha Olmazor tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarini saqlash shartlari Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-64-son qaroriga muvofiq, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslarni ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchun ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida subsidiya toʻlab berilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining 20-oktabrdagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi 2020-yil OʻRQ-642-son Qonunining tegishli moddalariga asosan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Olmazor tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi A. Xamidov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh kun muddatda ushbu qaror nusxasini 1- va 2-ilovalarda koʻrsatilgan tashkilotlar rahbarlarining eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qaror bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha Olmazor tumani hokimining ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimining Matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi V. Talidjanov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishini hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi A. UMARXONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
572-14-197-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.